Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbassdagi minalangan yo‘llar, Buchadagi harbiy texnikalar qabristoni. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 76-kuni o‘tdi. RF mudofaa vazirligi Popasnaya shahri «tozalangach» Lugansk oblastining ma’muriy chegaralariga chiqilganini ma’lum qildi (oblast rahbariyati buni tasdiqlamadi). «Azov» polki telegram-kanali «Azovstal» mudofaachilari portretlarini e’lon qildi - ular jiddiy jarohatlar, qo‘llari va oyoqlari kesilgan holda og‘ir sharoitlarda qolmoqda. Litva parlamenti Rossiyani «terrorchi davlat» deb e’lon qildi.
Valentyn Ogirenko/Pool via AP
Urushning 77-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar
- AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga 40 mlrd dollarlik yordam paketini ma’qulladi. Bu paketdan 23,4 mlrd dollarni harbiy yordam, qolganini - gumanitar va iqtisodiy ko‘mak tashkil etadi.
- Pentagon matbuotga Ukrainaga yetkazib berilgan yoki yetkazib berilishi rejalashtirilgan qurollar ro‘yxatini chiqarib yubordi. Unda «Javelin»lar va kamikadze dronlardan tashqari 7000 dan ortiq o‘qotar qurollar va 50 milliondan ortiq patronlar, shuningdek piyodalarga qarshi minalar, portlovchi qurilmalar, ratsiya va boshqa ko‘plab qurollar joy olgan.
- BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon tinch aholi vakillaridan 3459 kishi, jumladan 238 bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, mamlakat bo‘ylab o‘z uyini tashlab ketganlar soni sakkiz milliondan oshadi.
- Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden va Italiya bosh vaziri Mario Dragining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Ukrainaga yordam masalasini, jumladan harbiy yordamni muhokama qilishdi; Dragi tinchlik muzokaralari o‘tkazishga ham chaqirdi.
- Germaniya kelajakda Rossiya energiya resurslaridan to‘liq va butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba bilan birga o‘tkazilgan anjumanda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qildi.
- Germaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Hamburg portida qiymati 400 million yevrodan kam bo‘lmagan ikkinchi superyaxtani qo‘lga oldi. Nemis nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, u avval Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan, endi esa unga sanksiyalarga uchragan boshqa rossiyalik milliarder, kelib chiqishiga ko‘ra ozarboyjonlik bo‘lgan Farhod Ahmedov egalik qiladi.
Quyida 10 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Zaporojye
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Donbass shimoli
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Aleksandr Reka / TASS
AP Photo/Andriy Andriyenko
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Mariupol
Xarkov oblasti
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev
AP Photo/Efrem Lukatsky
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA