«O‘zbekneftgaz» raisiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJda boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.
“O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev yangi tayinlangan birinchi o‘rinbosar hamda o‘rinbosarlarni jamoaga tanishtirdi.
Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i Behzod Usmonovga yuklatildi.
Behzod Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Manchester universitetida tahsil olgan.
Bundan tashqari, Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi vazifalarini bajarishga Shuhrat Dauletiyarov tayinlandi.
Shuhrat Dauletiyarov “O‘zbekneftgaz” Kapital qurilish va ta’mirlash departamenti boshlig‘i, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida esa Sardor Mirzayev ish boshladi.
Sardor Mirzayev bugungi kunga qadar Moliya vazirligi va Hisob palatasida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024