Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish boshqarmasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, boshqarmaning moddiy javobgar shaxslari tomonidan 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan 29 turdagi sport anjomlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid ravishda haqiqiy bahosidan 475 mln so‘mga qimmat narxlarda sotib olingan. Bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026