2005 yilning aprel-may oylarida jinoyat işlari böyiça Andijon viloyati sudida “Akromiylar” oqimiga a’zo deb topilgan 23 nafar şaxs ustidan sud jarayoni davom etayotgan bir paytda yaqinlarining taqdiridan xavotirdagi yuzlab andijonliklar kunini sud binosi qarşisida ötkazar edi.

Özbekiston televideniyesi tomonidan e’lon qilingan maxsus körsatuvda voqealar xronologiyasi quyidagiça keltiriladi:

“Terrorçilar dastlab 12 may soat 23:45 da Andijon şahridagi soqçi-patrul xizmatiga hujum qilişadi. Soqçilik qilayotgan 4 nafar militsiya xodimini öldirib, qurol-yaroğ omborini buzişadi va önlab avtomatlar, töpponça, granata va boşqa qurollarni qölga kiritişadi. Oradan bir soat ötgaç, qurollarini köpaytirib, saflarini kengaytirib olgan jinoyatçilar tödasi Respublika Mudofaa vazirligiga qaraşli 34-harbiy qism hududida paydo böladi. Bu yerda ham jinoyatçilar tomonidan 4-5 soqçi öldirilib, köplab qurol-yaroğlar öğirlanadi.

Şundan söng jinoiy töda tezkorlik bilan ZIL-130 va bir qator yengil avtomobillarda Andijon şahri yaqinida joylaşgan qamoqxona tomon yöl oladilar. Qamoqxona eşigini ZIL maşinasi yordamida buzib, içkariga kirişadi. 600 ga yaqin mahbuslarni, şu jumladan, 23 nafar “Akromiylar” hamda şu turmada saqlanayotgan öta xavfli retsidivistlarni çiqarib yuborişadi”, deyiladi körsatuvda.

Ma’lum qilinişiça, öşa paytda içki işlar vaziri hisoblangan Zokirjon Almatov birinçi prezident Islom Karimovga telefon qilib, röy bergan hodisalar hamda vaziyat haqida axborot beradi. Islom Karimov ötirgan samolyot 13 may kuni soat 7:30 da Andijonga kelib qönadi. Mamlakat rahbari zudlik bilan ştab taşkil etadi.

Hozirda içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga maslahatçilik qilayotgan Zokirjon Almatov Kun.uz'ga bergan intervyusida mustaqil Özbekiston tarixidagi eng qonli fojia bölib qolgan Andijon voqealarini şunday xotirlagandi.