Jahon | 18:30 / 14.05.2022
8827
2 daqiqa o‘qiladi

G7 mamlakatlari Eronda hech qachon yadro quroli bo‘lmasligi ustida ish olib borishini bildirdi

"Yettilik" mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Tehronni "yadroviy faollikni kuchaytirishdan voz kechish"ga chaqirgan. 

Foto: AP

“Yettilik” mamlakatlari (G7) Eronda hech qachon yadro quroli paydo bo‘lmasligi ustida ish olib boradi. Bu haqda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi natijalari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda aytildi. 

"Biz Eron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqmasligini kafolatlash tarafdorimiz. Diplomatik yechim Eron yadroviy dasturini cheklashning eng yaxshi yo‘li bo‘lib qolmoqda", - deyiladi Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari bayonotida. 

"Yettilik" Tehronni "yadroviy faollikni kuchaytirishdan voz kechish"ga chaqirgan.

G7 shuningdek, "Eronning Yaqin Sharq va uning atrofidagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi faoliyati"dan xavotir bildirdi.

2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengashi a’zolari (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangandi.

AQSh 2018 yilda kelishuvdan bir tomonlama tartibda chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid