Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sermahsul parlamentlararo muloqot, shu jumladan mintaqaviy formatda ham rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari Turkmaniston tomonini joriy yil 12-13 may kunlari Ashxobod shahrida xalqaro tadbirlar - Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi.
Forum ishini muntazam yo‘lga qo‘yish, uning doimiy faoliyat yuritadigan kotibiyatini tuzish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro kun tartibi yuzasidan, mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026