Jahon | 14:28 / 17.05.2022
37203
8 daqiqa o‘qiladi
Donbassdagi Nyu-Yorkning shturm qilinishi, Xarkov atrofida yakson etilgan samolyot va tanklar. Urush suratlari
Urushning 82-kunida «Azovstal» zavodi hududidan bu yerda ikki oydan oshiq vaqt davomida mudofaani ushlab turgan ukrain askarlarini olib chiqish boshlandi. Rossiya harbiylari chekingan Xarkovga tinch aholi evakuatsiya qilingan hududlaridan qaytmoqda. Shvetsiya hukumati NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risida rasman qaror qildi. Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmayapti.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
- Shvetsiya bosh vaziri NATOga kirish bo‘yicha e’lon qilarkan, mamlakat o‘z hududida alyans bazalari va yadro quroli joylashtirmoqchi emasligini ma’lum qildi;
- Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati «Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakat NATOga qo‘shilishiga “ha” demasligi»ni aytdi. U Shvetsiya Turkiyadagi muxolifat vakillariga boshpana berganini nazarda tutgan. Shuningdek, Shvetsiya va Finlandiya Suriyadagi urushdagi ishtiroki tufayli Turkiyaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni taqiqlagan;
- Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmadi - Vengriya hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yishga qarshi chiqmoqda. Endi masala YeI elchilari darajasida hal qilinishi kerak, agar shunda ham kelishuv bo‘lmasa – masala Yevroittifoqning 30-31 may kunlaridagi sammitiga qoladi;
- Odessaga qanotli raketalar bilan zarba berilgan, turistik infratuzilma binolari shikastlangan. Zarba natijasida to‘rt kishi yaralangan, ular orasida bir bola ham bor;
- Dushanba kuni kechqurun Lvovdagi nashrlar oblast hududi o‘qqa tutilganini xabar qildi. Keyinroq Polsha chegarasi yaqinidagi harbiy obektga zarba berilgani ma’lum bo‘ldi;
- Rossiya harbiylari Donetsk yo‘nalishidagi harakatlarni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda va bu hududdagi Ukraina infratuzilmalariga artilleriya zarbalari yo‘llamoqda;
- Fransuz avtomobil konserni Renault’ning Rossiyadagi aktivlari davlat ixtiyoriga o‘tdi. Bu Rossiyada xorijiy kompaniyaning milliylashtirilishi bilan bog‘liq ilk holatdir;
- McDonald's kompaniyasi Rossiyadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinganini xabar qildi. Kompaniyaning Rossiyadagi biznesi sotiladi.
Quyida 16 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Odessa oblasti
Xarkov oblasti
Mariupol
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024