16-17 may kunlari frontda jiddiy özgariş kuzatildi. Dastlab Rossiya propagandaçi saytlari va telekanallarida «Azovstal»dan yaralangan harbiylar olib çiqila boşlagani xabar qilindi. Köp ötmay Ukraina Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqladi. Prezident Zelenskiy odatiy keçki murojaatida ham evakuatsiya haqida ma’lumot berdi.

Ukraina boş ştabi Mariupol himoyaçilariga endi faqat tirik qoliş topşiriği berilganini ma’lum qildi. «Azovstal» strategik muhim bölgan Azov dengizi böyidagi Mariupol şahrining omon qolgan yagona qal’asi edi. Aynan şu yerda ukrainalik askarlar, xususan, «Azov» polkining jiddiy qarşiligiga uçragan rus harbiylari köp vaqt va askar yöqotişdi. Xöş, zavod yertölalaridagi barça askarlar çiqib ketsa, Mariupol töliq Rossiya nazoratiga ötgan böladimi?
Eng köp qiynalgan şahar qal’asi
24 fevral kuni Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirgandan buyon köp minglab ukrainlar halok böldi. Eng oğiri şuki, ukrainaliklar qança odam ölganini hisoblab ham çiqolmayapti, çunki qurbonlar soni juda köp bölgani aytilayotgan hududlarning aksari hamon Rossiya armiyasi nazoratida. Vafot etganlarni dafn etiş ham muammoga aylangan.
Tinç aholi vakillari eng köp ezilgan şaharlardan biri Mariupol böldi. Bu şaharda deyarli butun bino qolmagan. Şaharda 20-25 ming atrofida odam qurbon bölgani aytilmoqda. 24 fevral kuni Rossiya bosqini boşlangan bölsa, 25 fevraldan «Azovstal» yertölalarida bombapanagohlar taşkil etilib, tinç aholi vakillari şunday joylarda yaşay boşladi. Bir neça qavatli yertölalardan iborat zavod hududida esa jami 12 ming kişi bombalardan saqlanişi mumkinligi aytilgan.

18 martdan boşlab rossiyalik harbiylar zavodga şturm uyuştirib, uni egallaşga harakat boşladi. Ammo haligaça bu işning uddasidan çiqa olişgani yöq. Putin 21 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguga «Azovstal»ni şturm qilişni bas qilişni, u yerdagi yertölalarda emaklab yuriş şart emasligi böyiça topşiriq berdi. «Hududni bloklang, şunday qilingki, paşşa ham uçib öta olmasin», dedi Rossiya prezidenti. Ammo bu buyruqdan keyin ham zavod hududida otişmalar töxtamadi.















