O‘zbekiston | 16:48 / 18.05.2022
18545
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega muzeylar nomi e’lon qilindi 

18 may – Xalqaro muzeylar kuni. Davlat statistika qo‘mitasi sana munosabati bilan, O‘zbekistondagi muzeylarga oid qator raqamlarni keltirdi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021 yil davomida 5 million 100 ming kishi tashrif buyurgan.

Tashrif buyuruvchilar soni esa muzeylar kesimida quyidagicha ko‘rsatilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat muzeyi – 48,3 ming kishi
  • Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 86,5 ming kishi;
  • Xivadagi “Ichan-Qal’a” majmuasi – 211,9 ming kishi;
  • Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi – 399,4 ming; kishi
  • Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi – 683,9 ming kishi.

Qo‘mita ma’lumotida qayd etilishicha, bugun mamlakatdagi barcha muzeylarga kirish bepul.

Xabarda shuningdek, hududlar kesimida qancha muzeylar mavjudligi borasidagi ma’lumotlar ham ochiqlangan. Unga ko‘ra,

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;
  • Andijon viloyati – 2 ta;
  • Buxoro viloyati – 19 ta;
  • Jizzax viloyati – 7 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 10 ta;
  • Navoiy viloyati – 6 ta;
  • Namangan viloyati – 2 ta;
  • Samarqand viloyati – 13 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 8 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 1 ta;
  • Toshkent viloyati – 5 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 17 ta;
  • Xorazm viloyati – 3 ta;
  • Toshkent shahri – 30 ta muzey bor.

Ma’lumot uchun, Xalqaro muzeylar kengashi 1977 yildan beri Xalqaro muzeylar kunini o‘tkazib keladi.

Mavzuga oid