Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Fransiyaning 30dan ortiq diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi
Avvalroq Parij Fransiyadagi Rossiya diplomatik muassasalarining 41 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning Moskvadagi elchisi Per Leviga bir guruh fransuz diplomatlari mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirdi.
«Javob chorasi sifatida Fransiyaning Rossiyadagi diplomatik muassasalarining 34 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilindi. Ular Rossiya hududini ikki hafta ichida tark etishi lozim», — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Qayd etilishicha, avvalroq Parij Fransiyadagi Rossiya diplomatik muassasalarining 41 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilish to‘g‘risida «provokatsion va asossiz» qaror qabul qilgan.
Moskvaning fikricha, bu qadam Rossiya-Fransiya munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi.
4 aprel kuni Fransiya tashqi ishlar vazirligi «bir guruh» rossiyalik diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026