Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yil O‘zbekistonda 2,5 ming kilometrdan ortiq uzunlikdagi sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi
2022 yil O‘zbekistonda 2 ming 606 km uzunlikdagi sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Tsement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi qarorda shu haqda so‘z boradi.
Hujjatda qayd etilishicha, sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.
Quriladigan yo‘llar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilib, deputatlar tomonidan tasdiqlanadi. Jarayonda sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, loyiha tashkilotlarini jalb etish, mas’ul tashkilotlar bilan texnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narxlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.
Mavzuga oid
15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi
17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat
09:22 / 25.07.2023
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
13:58 / 20.07.2023