“O‘zbekneftgaz”: O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” yuqori sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligini ta’minlash, neft mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, iste’molchilarning sifatli neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yuqori sifatli ekologik toza bo‘lgan dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yildi hamda qisqa davrda ijobiy natijalarga erishildi.
Zavod mutaxassislari tomonidan gazoilni gidrotozalash qurilmasidagi reaktorning ish tartibi uchun eng yaxshi texnologik variantlarni tanlash yo‘li orqali jarayonni optimallashtirish bo‘yicha ishlar bajarildi. Bu esa o‘z navbatida, yuqori ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkonini berdi.
Shu tarzda, O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘z navbatida, O’zDSt 989:2010 “YeVRO dizel yonilg‘isi. Texnik shartlar” talablariga javob beruvchi DT-YeVRO-L-III-K5 (EVRO-6) markali dizel yonilg‘isini seriyali ishlab chiqarish uchun Ts 16472899-044:2021 tashkilotining muvofiqlik sertifikati olindi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli davom ettirilib, 1150 tonna mazkur rusumdagi dizel ishlab chiqarilishiga erishildi hamda birja savdolari orqali respublika iste’molchilariga taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Yevro-6” rusumidagi dizel yonilg‘isi ichki yonuv dvigatellarining atrof muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, tarkibida politiklik aromatik uglevodorodlar massa miqdori esa 4,0 foizdan ko‘p bo‘lmagani holda, oltingugurt massa miqdori 5 mg/kg (ppm)ni tashkil etadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024