Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin Baydenning Osiyoga safari arafasida Janubiy Xitoy dengizida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Xitoy dengiz xavfsizligi boshqarmasining xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar dushanbaga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududga harbiy bo‘lmagan kemalarning kirishi taqiqlangan.
Xitoy harbiylari AQSh prezidentining Yaponiya va Janubiy Koreyaga safari arafasida Janubiy Xitoy dengizida harbiy mashg‘ulotlar boshladi, deb xabar berdi Associated Press.
Xitoy dengiz xavfsizligi boshqarmasining xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar dushanbaga qadar davom etadi.
Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududga harbiy bo‘lmagan kemalarning kirishi taqiqlandi.
Shu bilan birga, "Lyaonin" aviatashuvchi kemasi may oyi boshidan buyon Yapon dengizida turibdi. Xitoy mudofaa vazirligining bildirishicha, aviatashuvchi "oddiy jangovar tayyorgarlik" bilan shug‘ullanmoqda.
Bayden 20-24 may kunlari Janubiy Koreya va Yaponiyaga safar uyushtiradi.