Qosimov assisti, şifokor hayrati, qiziq voqealar, Italiya, haqoratlar va muştlaşuv – Dilşodbek Töxtabekov bilan intervyu
|21:10 / 20.05.202230 59417 min
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi yöq şarhlovçini uçratiş qiyin, ammo biz topdik. «Şarhlovçi»ning 3-soni mehmoni – hamkasblari tomonidan «futbol professori» nomini olgan, kuçli xotiraga ega Dilşodbek Töxtabekov.
Futbolga muhabbat va şarhlovçilikka kirib kelişi
– Şarhlovçilarning köpçiligiga e’tibor bergan bölsangiz, bolaligida futbolçi bölişni orzu qilgan. Menda ham şunday – bolaligimdan futbolçi bölişni xohlaganman. 1994 yilgi mundial, 1996 yilgi Osiyo Kubogi futbolga qiziqişimga sabab bölgan. «Kasallik» şundan kelib çiqa boşlagan. 1998 yilgi jahon çempionati va 2000 yilgi Yevropa çempionati futbolga muhabbatimni yanada oşirgan. «Qaniydi, futbolçi bölsam…» deb orzu qilardim.
Orzularim hatto tuşlarimga köçardi. 2000 yilgi tariximizdagi eng şarmandali Osiyo çempionati (Özbekiston Yaponiyaga 1:8, Saudiyaga 0:5 hisobida yutqazgan) vaqti tuşimda özimni Özbekiston milliy jamoasida körganman. Juda yaxşi eslayman: Turkmaniston bilan öyinda Mirjalol Qosimovning uzatmasidan söng gol urganman va öşa bahsda 2:1ga yutganmiz.
Lekin hayotda orzum amalga oşmadi. Şundan söng Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga öqişga kirdim. Şarhlovçi bölişni maqsad qildim. Öşanda ham asosiy öqiydiganimiz futbol gazetalari edi. Uç örtoq uç xil gazeta – «Interfutbol», «Futbol ekspress» va «Özbekiston futboli»ni olib, almaştirib öqirdik.
2003 yil noyabr oylaridan televideniyega amaliyotga qatnaganman. 2004 yildan «Sport» telekanali taşkil etildi. Öşa yil yozida amaliyotimni «Sport»ga olib, Afina olimpiadasi, Yevropa çempionati va Osiyo Kubogini kördim, ustozlar bilan birga işladim.
Ustozlari haqida
– Birinçi bor qölimdan tutgan Xayrulla Hamidov va marhum Davlat Turdialiyevni alohida tilga olgan bölardim. Ilk çiqişim Xayrulla akaning «Futbol plyus» dasturlariga töğri keladi. Heç esimdan çiqmaydi – 2004 yil 25 iyul kuni otamning tuğilgan kunlarida efirga ketgan. «Real» haqida lavha tayyorlagandim.
Davlat akaning yaxşi xususiyatlari bor edi: ösib kelayotgan yoşlarni körsalar, heç qaçon köksidan itarmasdilar. Xatolarni şunday körsatib berardilarki, çökib ham qolmasdik va şu bilan birga turtki bölardi. Umrlarining sönggi yillarida eng köp tandemda işlaganimdan faxrlanaman.
Foto: Tribuna.uz
Şarhga birinçi marta Eldor Mustafoyev olib kirgan. Qörqardim. Lekin Eldor aka içki qörquvni yengişimga sababçi bölgan. Hozir ham şunday: heç kimdan söramay, yoş şogirdlarni şarhga olib kirib ketaveradi. Tavakkalçi inson.
Mavzuga oid
Zafar Imomxöjayevning ham örni bor. Ança talabçan inson. Zafar aka meni tasvirga oliş guruhi bilan birinçi marta s’yomkaga çiqarib yuborgan. «Futbol şarhi» körsatuvida işlab ham ança tajriba orttirganman.
Ustozlar orasida Jamoliddin Bobojonovni ham ta’kidlagan bölardim. Bu odam şarhlovçi emas, lekin men va tengqurlarimga katta ta’siri bölgan. Jamol aka meni boşlovçi sifatida jonli efirga olib çiqqan – 2010 yilgi JÇ paytida. Ham turtki berardilar, ham tirkovçi bölardilar. Nafaqat meni, Davron Fayziyevni ham, hatto tengqurlari – Eldor Mustafoyev va Xayrulla Hamidovni ham gap bilan «savalardilar». Lekin buni beğubor amalga oşiradilar.
Futbol soğliqdan muhimmi? Şifokorlar hayratda
– Futbolni deb operatsiyadan qolgan paytim bölgan. Bu Yevro-2000 finali kuniga töğri keladi. Musobaqa davomida Italiyaga muxlislik qilganman. «Moviy gvardiya» finalda Fransiya bilan öynaşi kerak edi. Öşa kuni ertalabdan qorin qismimda kuçli oğriq boşlandi. Viloyat şifoxonasiga bordik. Tekşiruvlar bölguniça keç kirdi. Köriçak (appenditsit) deya taxmin qilişdi. Operatsiya qilamiz, narkozda bölasan deyişdi. «Ertalabgaça turmaymanmi?» – deb söradim. «Ha» javobini berişgaç, «Unda avval futbolni körib olaman», – dedim. Hayron bölişdi, yorilib ketsa ahvolim yomon bölişi haqida ogohlantirişdi. Baribir qarorim özgarmadi.
Öyinni kördik. Italiya 1:0ga yutib turgan joyida Fransiya sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştirdi va qöşimça bölimlarda ğalabani ilib ketdi. Öyinga berilib ketganimdan oğriq esdan çiqdi. Vaholanki, şifoxonaga emaklab borganman. Futbol körib ötirganimni kuzatgan anesteziolog ota-onamga «Öğlingizni operatsiya qildirmang. Jarroh qöliga bermang. Bu köriçak emas. Bemalol futbol körib ötiribdi-yu», degan. Haligaça öşa kungi oğriq sababini bilmayman. Operatsiya bölmagan.
Foto: Tribuna.uz
Şarh – bu…
– Şarh – bayram. Bolalikda militsioner amakiga yalinib, stadionga kirasiz. Maydon çetidan Qosimov,Şkvirin va Şirşovlarni körasiz. Havas qilasiz. Keyinçalik özingiz yaxşi körgan sport turini şarhlaysiz, uning içida qaynaysiz. Şarh bu – zavq, bayram. Bundan ortiq söz topiş mumkin emas.
Şarhdagi qiziq voqealar
– Afrika Millatlar Kubogi yarimfinalini şarhlayotganimda muxlislar örtasida janjal bölib ketgan. Ular maydonga tuşişgan. Şu payt vertolyot odamlar ustiga töğri uçib kela boşlagan. Şu orqali bosim qilib, muxlislarni haydaşmoqçi bölgan. Bunaqasini körmagandim. Nima deyişni bilmay qolganman.
Surxondaryoda 2011 yili «Barkamol avlod» öyinlarini şarhlayotganimda qiziq holat bölgan. Stadion noqulay körinişda ekan, kameraga qulay joy topilmagan. Maydon, muxlislar uçun 2 qator örindiq va devor bor edi. Devor orqasiga biz uçun simyoğoç çiroqlarini tuzatadigan maşina olib kelişgan. Kiçik joyga kameralar, operator va men arang siğganmiz. Şarhlayotganimda maşina silkinib turgan. Tepalikdamiz, yuragimiz öynab ketgan. Final kuni maşina devor ortidan kötarildi: qarasak, maydon markazi emas. Qaytadan tuşirib, töğri joyni topgunimizça öyinni boşlamay turişgan. Bilasiz, Termiz juda issiq. Futbolçilar terga botib ketgan. Hamma bizni kutyapti. Oxiri «ğiyq-ğiyq» etib kötarildik, hakam bizga qarab «Xayriyat, böldimi?» – deb huştagini çalgan.
Eng yaxşi şarhlovçilar, tandemda işlaş
– Rus tilida Otabek Jörayev, özbekçada Davron Fayziyevning şarhlari yoqadi. Ular ança erkin şarhlaşadi, köp narsa olsa böladi. Örgansa böladigan jihatlar köp.
Eng yaxşi tandem sifatida ustozimiz Davlat Turdialiyevni aytgan bölardim. Bosim bölardi, lekin köp narsa örgatardilar. Şuningdek, Sardor Rahimov. U bilan futbol emas, xokkey şarhlaganmiz. Nafaqat şarh, körsatuvlarda ham, hayotda ham yaxşi çiqişamiz.
Yevrofutbol yoki özbek futbolini şarhlaş?
– Bir paytlar Özbekiston olimpiya jamoasi safarda Eronga 1:6 hisobida yutqazib kelgan. Öşanda aksariyat işqibozlar «Xayrulla Hamidov nima der ekan? » deb «Futbol plyus»ni kutişardi. Şaxsan özim ham. Ammo Xayrulla aka çiqib: «Köpçilik Eron bilan öyin haqida gapirişimizni xohlayotgandir. Ammo biz bu bahsga töxtalmaymiz, çunki bu öyin körsatuvimiz vaqtini olişga ham arzimaydi. Şuning uçun, keling, haqiqiy futbol böladigan Yevropaga ötamiz», – deganlar. Qaysidir ma’noda savolingizga javob berdim, şekilli.
Ammo baribir Vataningiz milliy jamoasiga xayrixohlik böladi. Qöşnim bor: milliy jamoa yutqazsa, futbolçilarni sökadi. «Qaytib körmayman» deydi, lekin navbatdagi öyin yaqinlaşişi bilan yana qiziqa boşlaydi. Bizda ham xuddi şunaqa: qoniqmasligingiz yoki zerikib ketişingiz mumkin, biroq özimizning futbol. Yaxşi öyinlar ham bor. Masalan, ötgan mavsumda «Nasaf» – «Paxtakor» (2:3) bahsini şarhlaganda mazza qilganman. Mezbonlar 2ta gol urişi, söng «Paxtakor» kambek qilişi… Qaniydi, hamma öyinlar ham şunaqa ruhda ötsa.
Foto: Tribuna.uz
«Sport»da yevrofutbolsiz yillar
– Albatta, yöqotiş. Zavq-şavqingiz yöqoladi. Şarhlamaganingiz uçun biroz bölsa ham, yevrofutboldan uzoqlaşasiz.
Nima desam ekan? Yoş bolaga muzqaymoqni körsatyapsiz, ammo bermayapsiz. Şunga öxşagan narsa. Juda oğir holat.
Buning foydali tomonlari ham böldi. Raqobatçi çiqqaç, biz ham joyimizdan turmasdan işlay boşladik. Marketing nuqtayi nazarida oldinga yuriş kerakligini tuşundik.
«Bir çetda tursang, bölmas ekan…»
– «Sport»ga kelganimdan söng bir neça yil davomida heç kim bilan öyin talaşmadim. Lekin ma’lum bir paytga kelganda, fikrim özgardi. Qarasam, kimligini aytmayman, markaziy öyinlar muntazam ravişda 1-2 kişiga tuşa boşladi. Keyin jarayonni kuzatsam, «hal qiladigan» yöllari bor ekan. Ularni ham tuşunaman – hamma katta öyinlarni şarhlaşni xohlaydi. Biroq şaxsan men almaşib turiş tarafdoriman. Masalan, bu hafta «Bavariya» – «Borussiya» D bahsini men şarhlasam, keyingi hafta «Borussiya» D – «Bayyer»ni boşqa kişi şarhlagani töğri.
Markaziy öyinlarga özini qöydirayotganlarni bilganimdan keyin «Iya, bir çetda tursang ham, bölmas ekan» degan fikr kelgan. Ammo iç-içimdan bunga qarşiman. Çunki bunday öyinlar mas’uliyat beradi, şarhlovçi sifatida östiradi.
Fikr, ovoz yoki statistika?
– Faoliyatim boşida statistikani eng muhimi, deb öylaganman. Ammo, aksinça, ekan. Futbol tarixi va statistika böyiça öta bilimdonlar köp, lekin bevosita şarh jarayoni umuman boşqa narsa. Butun futbol tarixini bilsangiz ham, öynayotgan jamoalarga oid ma’lumotlarni 5-10 daqiqada aytib bölasiz. Qolgan 80 daqiqa gap topiş oson emas. Öyin qaynab turgan bölsa, muxlisga statistika ham kerak emas. Şuning uçun fikrni birinçi öringa qöyaman. Rahmatli Davlat aka aytardilar: «Xayrulla televideniyega kelganida, köpçilik ma’qul körmagan. «Şu ham şarhlovçi böladimi?» deyişgan. Sabr qilinglar, uning fikri bor». Xayrulla Hamidovni maşhur qilgan jihat – aynan fikrlari. Ovoz ikkinçi örinda.
Qöşimça daromad manbayi
– Köpçilik efirga çiqqan odamni badavlat deb öylaydi. «Sizlar töylarga çiqasizlar-ku» deyişadi. Aslida unday emas. Deyarli hamma şarhlovçilarda qöşimça daromad manbayi böladi. Menda uyda çorva bor, avval issiqxonamiz bölardi.
Foto: Tribuna.uz
Tanqidlar, ijtimoiy tarmoqlarda yöqligi sababi
– Tanqid öçoği sifatida biz uçun qora kunlarga aylangan paytlarni sabab sifatida körsatiş mumkin. Çunki futbol bermay qöydik. Işoning, içimizdan qirindi ötgan. Jahon futbolida eng zör öyinlar bölyapti, biz esa olib bermayapmiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda yöqligimni hamkasblarim ham tanqid qilişadi. Ha, bu – kamçiligim. Zamonga qarab özgarişim kerakdir. Hozir deyarli hamma şarhlovçining telegram kanali bor. Bundan pul ham topişadi. Lekin özimni buning içida körmayman. «Seniki emas» degan kuç itarib turadi. Internetdan şunçaki axborot olişda foydalanaman. Saviyasiz narsalar köpayib ketdi, şularning içida bölişni xohlamayman.
Asossiz tanqid qiladiganlar köp. Gapirmaganimni «gapirding» deb, muxlislarning katta bir armiyasi hujumga ötişgan. Bir yoş bolaning notöğri gapiga işonib, haqorat qilişgan. Muxlislardan uzr sörab, videomurojaat qilişimni söraşgan. «Isbotlay olmasang, sen mendan uzr söraysanmi?» desam «yöq» deyişgan.
Toşkentdan bölganimiz uçun «poytaxt jamoalariga yon bosadi» degan tanqidlar ham böladi. Şaxsan men neça yildan beri viloyat klubi çempion bölişini orziqib kutaman. Viloyat jamoalari Toşkent klublarini mağlub etsa, xursand bölaman. Raqobat oşadi.
Tanqidlar sabab içki işlarga murojaat qilgan paytim ham bölgan. Bu milliy jamoamiz öyini bilan boğliq. Babayan davrida men şarhlagan öyinlarda Janubiy Koreya (1:2) va Xitoyga (0:1) yutqazib qöydik. Ikkinçisida Xayrulla aka bilan tandemda edik. Jamoaning öyini öxşamaydi, aybdor biz. SMS kelyapti: «Sening oyoğing yoqmadi». Indamasam, oilamni ham haqorat qilyapti. Telefon qilsam, kötarmaydi. Keyin uçastka noziriga çiqib, topib berişlarini söradim. Qöqondan 55 yoşli kişi ekan. Jabrdiyda men-ku, lekin Qöqonga borişim kerak emiş.
«Ötlab ketiş» odati
– Bu odat menda yöq, deya olmayman. Asosiy e’tirozlar şundan. Demak, bu – muammoyim. Juda köp ma’lumotni miyamda uşlab turib, berişga harakat qilaman. Sohaga kelayotganimda, tamal toşi notöğri qöyilganidan, deb öylayman. Statistika muhim, degan fikr bölgan.
Sekin-asta özgarişga urinyapman. Avval ma’lumotlarga çalğib, vaziyatlarni ötkazib yuborardim. Hozir xavfli vaziyat böldimi, ma’lumotni otib yuborişga harakat qilaman.
«Işxonaga közim kökarib kelgan paytlar bölgan»
– Xarakterimda qiziqqonlik, jizzakilik bor. Avvallari avtomobilda ketayotganimda, qoida buzganlar bilan köp tortişardim, natijada işxonaga közim kökarib kelgan paytlar bölgan. Bir marta onam operatsiya bölganlarida, ularning oldilariga ham şunday borganman. Yölimni bir avtomobil kesib ötgan, men ham şunday javob qaytarganman. Keyin meni sökkan, köçada urişib ketib qolganmiz. Aslida urişqoq emasman, ammo notöğri harakatni körsam, indamay keta olmayman.
«Murod Rizayev bilan köp bahslaşamiz»
– Hamkasblar bilan körsatuvgaça va körsatuv davomida futbol mavzusida bahslaşişimiz mumkin, ammo bu şaxsiy munosabatlarni özgartirmaydi.
Faqat men emas, köpçilikning fikri Murod Rizayev bilan qarşi çiqib qoladi. Ehtimol, qiziq bölişi uçun atayin qiladilar. «Turdan turgaça» körsatuvida ham Davron Fayziyev, men va Zohid Karimov bir tomon, Murod aka boşqa tomon bölib qolardi. Davron va Zohid kulgi bilan yengardi, menda biroz jizzakilik yuzaga çiqib ketardi.
Şarhda şe’r öqişga munosabat
– Özim şe’riyatni juda yaxşi köraman. Işxonada ham adabiyotdan köp gapiradigan insonlar toifasidanman, ammo şarhga şe’r qöşişga xuşim yöq. Yaqinda bir ukamiz «şe’r bilan boşlasam maylimi?» – dedi. Töğrisi, menga yoqmadi. Bu jihat Xayrulla akamda bor.
Bir paytlar Sardor Rahimov endi şarhga kirib kelganida, uni tanqid qilganman. Uslubi şouga xos. Otabek Jörayev unga töğri ta’rif bergan: «Sardor şarhni töyga aylantiradi. Özbekça töy emas, amerikaça». Öşanda yangilikni qabul qila olmaganman. Ammo hozir bu uslub unga yaraşadi. Balki, şarhni şe’r bilan boşlaş ham odatiy holga aylanar.
3 kitob tavsiyasi
– «Usta va Margarita» (M.Bulgakov), «Qiyomat» (Ç.Aytmatov) va «Ötkan kunlar» (A.Qodiriy).
Qisqa savol-javoblar
– Eng yaxşi futbolçi?
– Pele / Özbekistondan Mirjalol Qosimov
– Esda qolarli öyin?
– 2005 yili JÇ-2006 saralaşi doirasidagi Özbekiston – Quvayt (3:2) öyini