Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan shirinliklarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
Toshkent xalqaro aeroportida tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan shirinliklarni va boshqa shu turdagi vositalarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Jami 18 ta qadoqda jyelatin ko‘rinishidagi saqich, 2 quti konfet va 1 ta qadoqdagi 10 dona shokolad tarkibida kannabis moyi – giyohvandlik moddasi topilgan va bu mazkur tovarlarning qadog‘ida ham ochiq-oydin aks ettirilgan.
Bojxona ko‘rigi davomida fuqaro qo‘l yuki va bagajlari orasida ichiga suyuq shakldagi giyohvandlik modda joylashtirilgan va uning iste’moli uchun xizmat qiluvchi 6 turdagi 14 dona turli qurilma va vositalar, ichiga solingan giyohvandlik vositasini maydalab, kukun holatiga keltiruvchi 1 dona qurilma hamda giyohvandlik vositalarini chekishda foydalaniladigan 4 dona maxsus qog‘oz o‘ramlar borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, bojxona xodimlari yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan ko‘zoynak g‘ilofi ichiga ham polietilen o‘ramda 1,2 gr. “marixuana” yashirilganini fosh qilishdi.
Yuk egasi ushbu giyohvandlik vositalaridan o‘zi uchun davolanish maqsadida foydalanishini va amaldagi tartiblarni bilmasligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
11:28 / 24.03.2026
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
08:57 / 19.03.2026