Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Zil bilan to‘qnashgan Nexia-3 yo‘lovchisi vafot etdi
Katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 Zilning kuzoviga kelib urilgan. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 may kuni soat 16:30 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 46-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 mashinasini Jizzax-Gagarin yo‘nalishida boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Zil yuk mashinasiga urilgan.
Oqibatda Nexia-3 mashinasida ketayotgan yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, yuk mashinasi chapga qayrilayotganda mashina ortidan katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 uning ort kuzov qismiga kelib urilgan va pachoq bo‘lib yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
19:01 / 10.05.2026