Xitoy BRIKS tashkilotini kengaytirishni taklif qildi
Pekinning bu taklifi tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Rasmiy Pekin Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR mamlakatlaridan tashkil topgan BRIKS tashkilotini kengaytirish tarafdori.
Xitoy hukumati BRIKS tashqi ishlar vazirlari onlayn-uchrashuvi yakuni bo‘yicha ana shunday taklif bilan chiqdi.
Xabar qilinishicha, Pekinning bu taklifi tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Shu bilan birga, BRIKSga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan biror mamlakat haqida ma’lumot keltirilmagan.
BRIKS 2009 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy ishtirokida tashkil etilgan. 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasi tashkilotga a’zo bo‘lgan.
2022 yil boshida Argentina prezidenti Alberto Fernandes BRIKSga a’zo bo‘lish niyatini bildirgandi.
Hozirda Indoneziya tashkilotga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
14:22
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
00:39
Xitoyda dunyodagi eng yirik dengiz quyosh stansiyasi ishga tushirildi
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
20:39 / 13.11.2024