Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di
Havo haroratining pasayishi Qashqadaryo va Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan.
Kecha tunda havo haroratining pasayishi tufayli Qashqadaryo va Jizzax viloyatining bir qator tog‘li hududlarida qor yog‘gan.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod va Kitob tumanlarida va Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan tog‘larda qor tushgan.
Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tumandagi tog‘larda yog‘gan qor yerlarni oppoq qilgan.

Zomin tog‘larida esa ayni damda ham qor yog‘ayotgani ma’lum qilinmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanining tog‘li Denovbolo qishlog‘ida qor yog‘gani tasvirlangan foto tarqaldi.

O‘zgidromet bugun O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati 7-12 daraja issiq bo‘lishini xabar berdi. Bunday ob-havo may oyining uchinchi choragi uchun noodatiy hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:10 / 16.04.2026
Bahorda qor: Zomin tog‘larida qor yog‘di
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
17:52 / 07.02.2026