Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbassdan qochayotgan ayollar va bolalar, Varshavada tayyorlanayotgan belaruslik ko‘ngillilar. Urush suratlari
22 may kuni Ukraina Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan MDH davlatlari xalqlarining xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi. OAV va Ukraina hukumati Energodardagi uylardan biridagi portlash haqida xabar bergan — o‘zini yangi mer deb e’lon qilgan Andrey Shevchik va uning qo‘riqchilari yaralangan. Oliy rada Ukrainada harbiy holat rejimini 23 avgustga qadar uzaytirdi. Medinskiy Ukrainani muzokaralarni muzlatib qo‘yishda aybladi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgani haqida RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak 17 may kuniyoq aytgandi, o‘shanda Podolyak uning mamlakati «Putinning yuzini saqlab qolish uchun» nimadir bermoqchi emasligi haqida gapirgandi.
AP Photo/Efrem Lukatsky
Ukrainada urushning 89-kuni. Asosiy ma’lumotlar
- Ukraina Oliy radasi harbiy holat va umummilliy safarbarlik rejimini uch oyga – 23 avgustga qadar uzaytirdi.
- Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklar asosiy kuchini Severodonetskka qaratgani, sharqiy frontning boshqa yo‘nalishlarida harbiy harakatlar intensivligi pasayganini ma’lum qildi. Shaharga to‘rt tomondan hujum qilinmoqda.
- Energodar shahrining ruslar tomonidan tayinlangan kollaborant meri va uning qo‘riqchilari turar joy binosiga kirishda ro‘y bergan portlash tufayli yaralandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi suiqasd bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
- Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi jarayoni «15 yoki 20 yilga» cho‘zilishi mumkin, bu haqda yakshanba kuni Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Kleman Bone ma’lum qildi.
- BMTning Qochqinlar ish bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi butun dunyodagi qochqinlar soni 100 milliondan oshgani va bunda Ukrainadagi urushning ham hissasi katta ekanini ma’lum qildi.
- Polsha prezidenti Andjyey Duda Ukraina Oliy radasida chiqish qildi va 24 fevraldan buyon bu ishni video orqali emas, «jonli» amalga oshirgan ilk xorijlik yetakchi bo‘ldi. U yana bir bor Polsha Ukrainani to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
- Polsha va Ukraina chegara orqali odamlar va mahsulotlar harakatini osonlashtirish uchun qo‘shma bojxona nazorati va birlashgan temiryo‘l kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Quyida 22 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Mariupol
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
AP Photo/Francisco Seco
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETAAris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti
John Moore / Getty Images
John Moore / Getty Images