Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududlari yo‘llarda harakat xavfsizligi holati bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifaga ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatini tartibga solish hamda “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tegishincha hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazilgan.
Quyidagilar ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman(shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan o‘tgan qismlarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini, svetoforlarni o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
- yo‘l chiziqlarini chizishga, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatishga, almashtirishga va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga tashkilotlarni autsorsing asosida jalb qilish;
- o‘z xizmat ko‘rsatish (mas’ullik) hududidan tashqarida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi, shuningdek, idoraviy avtomobil yo‘llariga yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini avtomobil yo‘llarini saqlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirish;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari va yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan hamkorlik qilish.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazida ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish tizimi joriy etiladi, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan nomzodlarni tanlov asosida qabul qilish, kadrlar zaxirasini yaratish yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy maxsus komissiyalar:
- “Xavfsiz yo‘l” indeksi doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati tuman (shahar)lar kesimida 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab borsin va natijalari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha tuman (shahar)lar “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;
- “qizil” toifaga kiritilgan tuman (shahar)larning ro‘yxatini Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
14:38 / 22.06.2026
Liftlar xavfsizligi bo‘yicha yangi nizom qabul qilindi
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026