O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma’lum qilindi
Markaziy bank «Moliyaviy bilim» loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik tayyorladi. Bu haqda «Rasmiy xabarlar» kanali xabar bermoqda.
Katta meros
Eng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi va’da. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz o‘xshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.
Ushbu merosni qo‘lga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning bo‘yningizda bo‘ladi. Ushbu mablag‘ni to‘lab bo‘lganingizda esa aldanganingizni bilasiz.
Sovrinli yutuq
Bir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.
Ushbu yutuqlarni o‘z yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablag‘ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida ma’lumot kiritishingiz talab etiladi. Shu orqali hisobingizdagi mablag‘ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.
Telegram guruhlari
Oxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri — telegram guruhlarga odam qo‘shish orqali qanchadir mablag‘ bilan taqdirlanishdir.
Bu orqali firibgarlar o‘z guruh yoki kanallarida sun’iy ravishda foydalanuvchilarni ko‘paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma’lumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.
Shu tufayli turli aksiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob ma’lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi, aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish mumkin.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024