Jahon | 14:07 / 25.05.2022
27659
5 daqiqa o‘qiladi
Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida - shiddatli janglar. Urush suratlari
Rossiyaning Ukrainaga bosqinining 90-kunida Vengriya qo‘shni mamlakatdagi urush tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qildi. Xarkovda ikki oydan oshiq davom etgan tanaffusdan keyin yana metro ishlay boshladi, metro o‘tgan vaqt davomida shaharliklar uchun bombapanagoh vazifasini o‘tadi. Mamlakat sharqida Baxmut, Lisichansk, Severodonetsk va Liman uchun shiddatli janglar ketmoqda.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Ukraina mudofaa vazirligi va qator tahlilchilar Rossiya Liman va Severodonetskni egallash uchun katta kuch tashlagani haqida xulosaga kelishdi;
- Ukraina mudofaa vazirligi rasmiysi Aleksandr Motuzyanik rossiyalik harbiylar Severodonetskni o‘rab olish va Baxmut shahri mudofaasini yorib o‘tishni mo‘ljallayotganini aytdi;
- Rossiya Liman shahriga yurishni ham faollashtirgan. Shahar uchun janglar ketmoqda, rossiyalik harbiylar shahar ko‘chalariga kira boshlagani haqida xabarlar bor;
- Ukraina qurolli kuchlari 8 nafar rossiyalikni Kiyev oblastida harbiy jinoyatlar sodir etishda, xususan Motijin qishlog‘i oqsoqoli va uning oila a’zolarini o‘ldirishda aybladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ayblanuvchilar orasida yollanma harbiylar ham bor, Ukraina razvedkasi ular Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi «Vagner»ga aloqadorligini aniqlagan;
- Vengriya bosh vaziri Viktor Orban feysbukdagi videomurojaatida Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini ma’lum qildi;
- Rossiya hukumati hamkasblariga maktub yozib, urushni qoralagan va ishdan bo‘shagan BMTning Jyenevadagi ofisida Rossiya missiyasi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan diplomat Boris Bondarevning iste’fosiga munosabat bildirdi. «Bondarev ortiq biz bilan emas, u bizga qarshi», - dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.
Quyida 24 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkov oblasti
Kiyev oblasti
Donbass shimoli
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024