Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga to‘rt oyda Xitoydan 740 mingdan ortiq telefon olib kelingan
O‘zbekistonga 4 oyda 976 645 dona telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: Jason Lee / Reuters
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 976 645 dona mobil telefon import qilingan.
Qayd etilishicha, telefon importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan. O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 741 546 dona qurilma.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Vetnam – 121 376 dona;
- Hindiston – 62 612 dona;
- BAA – 46 137 dona;
- Qozog‘iston – 3 663 dona;
- Koreya – 1 286 dona.
Oylar kesimida telefon importi quyidagicha:
- yanvar – 129 766 dona;
- fevral – 284 461 dona;
- mart – 286 056 dona;
- aprel – 276 362 dona.
Mavzuga oid
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
15:50 / 02.02.2026
Toshkent shahri BAA sarmoyasi bo‘yicha yetakchi hududga aylandi
15:32 / 02.02.2026