Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Qozog‘istondan olib kirilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda – 1,1 mln tonna.
Shuningdek, Qozog‘istondan 122,8 ming tonna bug‘doy uni, 24,3 ming tonna o‘simlik yog‘i va 16,3 ming tonna margarin mahsulotlari olib kelingan.
Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- qoramol go‘shti – 4 ming tonna;
- arpa – 38,2 ming tonna;
- makkajo‘xori – 23 ming tonna;
- kartoshka – 22,4 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari – 720 tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston un importi hajmini oshirgani xabar berilgandi.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi – 91,2 ming tonna.
Mavzuga oid
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
20:34 / 10.07.2026