Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga elektromobillar importi 5,2 baravarga oshdi
4 oyda 734 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: Megawatt Motors
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 734 ta elektromobil import qilgan.
Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston asosan Xitoydan elektromobillarni import qilgan – 654 ta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- BAA – 40 ta;
- Germaniya – 17 ta;
- Hongkong – 10 ta;
- Litva – 6 ta;
- Estoniya – 2 ta;
- Koreya – 2 ta.
Bundan oldin yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:50 / 10.03.2026
O‘zbekistonda benzin narxi jahondagi neft bahosiga qanchalik bog‘liq?
07:44 / 03.03.2026
Made in China: Xitoy importiga qaram davlatlar (xarita)
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
08:38 / 21.02.2026