Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshdi
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
- avtomobil benzini – 382,3 ming tonna;
- ko‘mir – 1,6 mln. tonna;
- neft – 248 ming tonna;
- gaz kondensati – 459 ming tonna;
- yengil avtomobil – 95 023 dona;
- avtobus – 247 dona;
- yuk avtomobillari – 1188 dona;
- avtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona.
Qayd etilishicha, aprel oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:
- “Cobalt” - 9 498 dona;
- “Lacetti-Gentra” - 6 866 dona;
- “Damas” - 6 205 dona;
- “Spark” - 1 526 dona;
- “Nexia T-250” - 623 dona;
- maxsus yengil avtomobillar - 1 320 dona.
Bundan oldin “inomarka”lar importi ikki baravarga oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026