Jahon | 14:12 / 27.05.2022
27594
6 daqiqa o‘qiladi

Xarkov markaziga yana raketa hujumi, Severodonetskka artilleriya zarbalari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 92-kuni o‘tdi. Donbass uchun janglar davom etmoqda - Kiyevdagi rasmiy shaxslarning bu hududdagi vaziyat bo‘yicha bayonotlari tobora xavotirli tus olmoqda. 26 may kuni Xarkov oblasti o‘qqa tutildi, region rasmiylari 9 kishi halok bo‘lganini xabar qildi, qurbonlar orasida - besh oylik chaqaloq ham bor. Rossiya kuchlari tomonidan egallab olingan, ko‘p vaqtdan buyon elektr ta’minoti va axborot olish imkoni yo‘q bo‘lgan Mariupol ko‘chalarida Rossiya telekanallari namoyish etiladigan harakatlanuvchi ekranlar paydo bo‘ldi.

Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin Kiyevga kelib, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi
Ukrainian Presidential Press Office via AP)

Ukrainada urushning 93-kuni. So‘nggi ma’lumotlar

  • Rossiya harbiylari Lugansk oblasti ma’muriy markazi bo‘lmish Severodonetsk shahrini qurshovga olish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Shahar atrofida favqulodda og‘ir janglar ketmoqda.
  • Region rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, Lugansk oblastining faqat 5 foiz hududi Ukraina qo‘lida qolgan - bu bir hafta oldingidan ikki barobar kamroq. Ukraina qo‘shini frontning ayrim uchastkalarida chekinishga majbur bo‘lmoqda.
  • Severodonetsk meri shahar tinimsiz o‘qqa tutilayotgani, shahardagi turar joy binolarining 60 foizi vayron bo‘lgani, qurilishlarning 90 foizga yaqini shikastlangani va ularni kapital ta’mirlash talab etilishini aytgan.
  • Pentagondagilar harbiylar soni bo‘yicha katta ustunlikka egaligiga qaramay, Rossiyaning yutuqlari kamtargina ekanini aytishmoqda. Rossiya qo‘mondonligi avvalgi xatolaridan saboq chiqarmay, o‘sha taktikadan foydalanishda davom etmoqda.
  • Urushlarni tadqiq qilish instituti tahlilchilari Rossiya armiyasi jiddiy darajada kuchsizlangani va kelgusidagi yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish juda qiyin bo‘lishini aytishgan. Hozirda, ularning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina janubida egallab olingan hududlarda hududlar ustidan uzoq muddatli nazorat o‘rnatish va ukrainlarning qarshi hujumlarini qaytarish uchun «mudofaaning uchinchi liniyasi»ni o‘rnatmoqda.
  • Ukraina TIV rahbari yana bir bor G‘arb mamlakatlariga murojaat qilib, agar ular Ukraina taqdiriga befarq bo‘lishmasa, zudlik bilan og‘ir qurollar yetkazib berishlari zarurligini aytdi: «Artilleriyasiz, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarisiz, biz rossiyaliklar qo‘shinini siqib chiqara olmaymiz».
  • CNN telekompaniyasi shaxsini sir tutgan bir necha amerikalik amaldorlarga tayanib, Bayden ma’muriyati Ukrainaga Kiyev so‘rayotgan uzoq masofaga otuvchi ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotganini xabar qildi. Bunday jo‘natma haqida keyingi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Quyida 26 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan fotosuratlar.

Donbass shimoli

Severodonetsk zarba ostida. Ukraina hukumati mamlakat sharqidagi urush o‘ta zo‘ravonlik darajasiga yetganini aytmoqda. «Ular u yerda qirg‘in uyushtirib, butun hayotni yo‘q qilishga urinmoqda. Hech kim Donbassni Rossiya harbiylari kabi vayron qilmagan edi», — dedi Volodimir Zelenskiy.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskdagi uyning yerto‘lasida o‘g‘il otasiga yordam bermoqda. Shaharda elektr ham, suv ta’minoti ham yo‘q
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskliklar ko‘chada ovqat pishirmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar nogiron ayolni Kramatorskdan evakuatsiya qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari aholi turar joylari va shaharning xususiy sektorini o‘qqa tutmoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Kramatorsklik kishi qo‘shni binoga kelib tushgan raketa zarbasi oqibatida shikastlangan kvartirasida.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Lugansk oblasti Popasnaya shahridagi vayron bo‘lgan uylar oldida turgan  Rossiya harbiy texnikasi. Popasnaya rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgan. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
DXR «xalq militsiyasi» harbiysi Ukraina sharqidagi Svetlodar shahrida mahalliy aholi vakillari bilan. Donbassda bir necha haftadan buyon davom etayotgan shiddatli janglardan keyin Svetlodar Rossiya armiyasi va rossiyaparast harbiylar nazoratiga o‘tgan. Foto: 
AP Photo/Alexei Alexandrov

Mariupol 

Mariupoldagi vayron bo‘lgan binolar orasidan o‘tayotgan bolalar. Foto: AP / Scanpix / LETA
Mariupol aholisi vayron qilingan drama teatri binosi yonida. Rossiya FVV Mariupol va Volnovaxada rus propagandasi namoyish etiladigan teleekranli avtomobillarni ishga tushirdi. Foto: Vladimir Gerdo / TASS

Xarkov

 

Shahar ko‘chalari. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

 

Xarkovning Severnaya Saltovka rayonidagi mashinalardagi yozuvlar: «Ehtiyot bo‘ling! Otishmalar!». Shahar 26 may kuni o‘qqa tutilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, ular orasida besh oylik chaqaloq ham bor.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov o‘qqa tutilgach, turar joy binolaridan biridagi qon ko‘lmagi oldidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol
AP Photo/Bernat Armangue
Xarkovdagi turar joy hududi o‘qqa tutilgandan keyin bino tomida qolgan teshik.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

Kiyev atrofidagi Irpen shahrida Rossiya okkupatsiyasi oqibatlari
AP Photo/Natacha Pisarenko
Irpendagi vayron bo‘lgan turar joy binolari. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Irpenda vayron bo‘lgan binolar oldidan o‘tib ketayotgan ayol. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Rossiyalik harbiylar Aleksandr Ivanov va Aleksandr Bobikin (o‘ngda) Ukraina shimoli-sharqidagi Kotelvada sud majlisidan keyin olib ketilmoqda. Xarkov va uning atrofidagi hududlarni o‘qqa tutishda ishtirok etishda ayblangan rossiyaliklar 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Foto: AP Photo/Bernat Armangue
Rossiya armiyasi serjanti, 35 yoshida Ukraina tuprog‘ida halok bo‘lgan Daniil Dumenkoning otasi va o‘g‘li uning dafn marosimida. Volgorad yaqinidagi Voljskiy shahri, Rossiya. AP Photo

 

Mavzuga oid