Jahon | 15:19 / 27.05.2022
9868
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiyadan gaz yetkazish butunlay to‘xtatilishi ehtimoliga qarshi reja tayyorlay boshladi

Avvalroq «Gazprom» rublda hisob-kitob qilishni rad etgani uchun Polsha, Bolgariya va Finlandiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi. 

Foto: Bloomberg

Yevrokomissiya YeI mamlakatlariga Rossiya gazi importi butunlay to‘xtatilishi ehtimoliga qarshi reja tayyorlamoqda, dedi energetika bo‘yicha yevrokomissar Kadri Simson Financial Times nashriga bergan intervyusida.

«Biz YeIga a’zo har qanday davlatga gaz yetkazilishi to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan vaziyatga duch keldik», — dedi yevrokomissar.

Avvalroq «Gazprom» rublda hisob-kitob qilishni rad etgani uchun Polsha, Bolgariya va Finlandiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi.

Simson YeI imkon boricha gaz zaxiralarini to‘ldirishga va Rossiya gazi importi o‘rnini qoplashga urinishini ta’kidladi.

Yevrokomissar muqobil yetkazib berishlar hisobiga Rossiya gazi importining uchdan ikki qismini qoplash mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi «harbiy operatsiya»dan avval Rossiyaning YeIga yetkaziladigan gazdagi ulushi 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 26 foizga tushgan va yil oxirigacha 13 foizgacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid