Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam beradigan tashkilot «xorijiy agent» deb tan olindi
Xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi Tomskdagi «Ayollar ovozi» tashkiloti xorijiy agentlar reyestriga kiritildi.
Rossiya Adliya vazirligi 27 may, juma kuni Tomskdagi «Ayollar ovozi» jamoat tashkilotini «xorijiy agent» funksiyalarini bajaruvchi notijorat tashkilotlar reyestriga kiritdi. Bu haqda vazirlik saytidagi xabarda aytilgan.
2009 yilda tashkil etilgan tashkilot Tomsk oblastidagi ayollarga huquqiy va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek, oila, onalik va bolalik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi, deyiladi tashkilot saytida. 2020 yildan beri «Ayollar ovozi» uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga o‘z hududidan vaqtinchalik boshpana berib kelmoqda. Shuningdek, tashkilot oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish, gender tengligini targ‘ib qilish va oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’rifiy loyihalarni amalga oshiradi.
Rossiya Adliya vazirligi xorijiy agentlarning to‘rtta ro‘yxatini yuritadi: NNTlar, ommaviy axborot vositalari, jismoniy shaxslar va ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar uchun. Rossiyada jami 250 dan ortiq tashkilot va odamlar xorijiy agentlar sifatida tan olingan. Qonunga ko‘ra, ular o‘z sarf-xarajatlari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot taqdim etishi va har bir e’lon qilgan materialida «xorijiy agent» maqomi to‘g‘risidagi yozuvni ko‘rsatishi shart. Aks holda, ular ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Bundan oldin Garri Kasparov va Mixail Xodorkovskiy Rossiyada «xorijiy agentlar» deb e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
21:15
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55