Rossiya Adliya vazirligi 20 may, juma kuni şaxmat böyiça 13-jahon çempioni Garri Kasparovni «xorijiy agentlar» deb atalgan şaxslar reyestriga kiritdi. Bu röyxatga taniqli şaxmatçi va Kreml tanqidçisidan taşqari, Rossiyaning YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy ham qöşildi.
Reyestrga köra, Kasparov va Xodorkovskiy Ukrainadan «xorijiy moliya mablağlari» olib, siyosiy faoliyat bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, Adliya vazirligi YuKOSning sobiq rahbarini Human Righs Foundation Amerika jamğarmasi bilan boğlagan.
Kasparov xabar e’lon qilingan vaqtda Rossiya rasmiylarining qaroriga izoh bermagan. Xodorkovskiy Twitter mikroblogida qisqaça şunday yozgan: «Yaxşi rus»ning pasporti olindi».

Rossiyada «xorijiy agentlar» töğrisidagi qonunçilik 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri 450 ga yaqin taşkilot va jismoniy şaxslar taqiq röyxatiga kiritilgan. «Çet el agentlari» jismoniy şaxslar reyestri aprel oyi boşida işga tuşirildi va «xorijiy agent NNTlar», «xorijiy agent ommaviy axborot vositalari» va röyxatdan ötmagan «xorijiy agentlar taşkilotlari» röyxati bilan bir qatorda, törtinçi şunday röyxatga aylandi.












