O‘zbekiston | 08:22 / 30.05.2022
13907
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi: Pensiya va nafaqa oluvchilarning 96 foizi kartalariga bir martalik yordam yuklab berildi

Prezident qaroriga muvofiq Pensiya jamg‘armasi hisobida turuvchi jami 4 mln 256 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘lov qaydnomalarini shakllantirib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazib berildi hamda 1 314,3 mlrd so‘m moliyalashtirib berildi. 

Foto: Kun.uz

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yashovchi yuqorida qayd etilgan toifadagi fuqarolarga har biriga - 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarga esa 400 ming so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 4 mln 647 mingdan ziyod kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga 200 ming so‘mdan moddiy yordam berish uchun 929,5 mlrd so‘m mablag‘lar davlat budjeti hisobidan ajratilgan.

Qarorga muvofiq, bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.

Joriy yilning 27 may holatiga plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning 96 foiziga yoki (1 569 ming fuqaroga) 473,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar bank plastik kartalariga yuklab berilgan bo‘lib, qolgan qismi yuklanishi nazoratga olingan.

Xalq bankining joylardagi filiallari orqali naqd pul shaklida to‘lovlar sayyor kassalar orqali to‘lanishi boshlandi. Mazkur to‘lovlar joriy yil 8 iyunga qadar yakunlanadi. 

Mavzuga oid