Uşbu SMS xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegişli körsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylaştirilgan bank kartalari töğrisida xabardor qiliş maqsadida yuborilmoqda.
SMS xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib çiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan.
“Fuqarolar SMS xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylaştirilganligi bilan boğliq biror tuşunmovçiliklar kelib çiqqan taqdirda, xizmat körsatuvçi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritişlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopişlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
An’anaviy usulda bank kartasi oçişdan taşqari fuqarolar nomiga bank kartalari (xususan, virtual bank kartalari) firibgarlar tomonidan ham oçilişi mumkin.
Bunda bank mobil ilovalaridagi fuqaro şaxsiy kabineti egallanişi oqibatida yoki fuqaroning özi bank mobil ilovasida röyxatdan ötiş orqali rasmiylaştirilişi mumkin.













