Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
Prezident “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boshlab:
- davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
- pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi;
- davlat muzeylariga ularda tashkil etiladigan xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishgan hamda bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo‘shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.
Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi Turkiya malakali kompaniyasini jalb etgan holda Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022 yil 1 noyabrga qadar jahonning mashhur muzeylaridagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi binolarini zamonaviy rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalarini yaratish hamda ularda xizmatlar ko‘rsatish sohasini namuna sifatida tayyorlamoqda.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat tashkilotlari va muassasalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.
Aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi 2022 yil 1 iyuldan boshlab tashkil etiladi va doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:32 / 21.02.2026