Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slavyansk hovlilarida voronkalar, Soledarda bunkerlardagi hayot. Urush suratlari
31 may kuni Lugansk oblasti rahbari Sergey Gayday rossiyalik harbiylar Severodonetskning katta qismini nazorat qilayotganini aytdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov shaharni «total tozalash» ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. The Wall Street Journal manbasi Vashington Ukrainaga Kiyev so‘ragan raketa tizimlarini yuborishini, ammo bu Rossiya hududiga yeta oluvchi raketalar bo‘lmasligini xabar qildi. 23 mingdan ortiq ukrain qochqinlari AQSh hududiga kirishga ruxsat olgan. Italiya bosh vaziri Mario Dragi YeIning deyarli barcha yirik davlatlari hozirda Ukrainaga Yevroittifoqqa nomzod maqomi berilishiga qarshi ekanini aytdi. Kanada Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Avvalroq Buyuk Britaniya ham shunday yo‘l tutgandi.
AP Photo/Markus Schreiber
Ukrainadagi urushning 98-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Severodonetskni shturm qilishda davom etmoqda va alohida bo‘linmalar shahar markazini egallashgan. Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, shaharning 70 foiz hududi rossiyaliklar nazoratiga o‘tgan, Lisichansk ukrainlar nazoratida qolmoqda.
- Prezident Jo Bayden AQSh Ukrainaga rossiyaliklarnikidan uzoqroq masofaga otuvchi artilleriya qurilmalari yetkazib berishi haqida yozdi. Prezident ma’muriyatidagi manba gap 70-80 km masofaga zarba beruvchi HIMARS baravar o‘t ochish tizimlari haqida ketayotganini aytdi.
- Bayden o‘z kolonkasida AQSh Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro kelib chiqishini istamasligi va Rossiyada Putin rejimi ag‘darilishiga qaratilgan qadamlar tashlamasligini aytgan. AQSh prezidenti, shuningdek ochiq muzokaralarda ham, yopiq muzokaralarda ham Ukraina rahbarlariga Rossiyaga hududiy yon berish borasida ta’sir qilish niyatida emasligini ta’kidlagan.
- Rossiya Donetsk oblastida yurishlarini davom ettirmoqda, artilleriya va minomyotlardan intensiv tarzda o‘t ochilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Baxmut yo‘nalishida rossiyalik harbiylar ukrain harbiylarini Belogorovka va Vrubovkadagi pozitsiyalaridan surib chiqarishga intilmoqda.
- Gretsiya Ukrainaga sovetlar davriga mansub jangovar piyodalar mashinalarini beradi, buning evaziga Germaniyadan zamonaviy Marder zirhli mashinalarini oladi. Bir necha hafta oldin nemis ishlab chiqaruvchilari va mudofaa vazirligi bunday harbiy mashinalar Ukrainaga yetkazib berilishini ma’lum qilgandi.
Quyida 31 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Chernigov oblasti
Alexey Furman / Getty Images
Kiyev oblasti
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
AP Photo/Natacha Pisarenko
AP Photo/Natacha Pisarenko
AP Photo/Natacha Pisarenko
Mavzuga oid
16:09 / 29.08.2025
Kiyevga Rossiya zarbasi oqibatlari – fotosuratlar
15:57 / 18.08.2025
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024