Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: AQSh va Britaniya urushni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatish rejasini muhokama qilmoqda
AQSh, Britaniya va Yevropa Ittifoqi vakillari oxirgi vaqtlarda Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatish rejasini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Uch tomonlama uchrashuvlar Ukraina ishtirokisiz va favqulodda tez-tez o‘tkazilmoqda. Bu haqda CNN yozmoqda.
Foto: Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanali
Xabarda aytilishicha, G‘arb urush cho‘zilib ketganidan xavotirga tushgan. Ular urush qanchalik cho‘zilsa, dunyo shunchalik ko‘p zarar ko‘radi degan fikrga kelgan. Telekanal G‘arb vakillari muhokamalarda Italiya taklif qilgan rejani ham ko‘rib chiqayotganini aniqlagan. Unda Ukrainaga tegishli bo‘lgan Qrim va Donbass to‘liq avtonomiyaga aylantirilishi nazarda tutilgan, Ukraina tomoni bunga keskin norozilik bildirgandi.
CNN'ga ko‘ra, ushbu muhokamalarda Ukrainadan vakil ishtirok etmayapti. Bu esa AQShning «Ukraina masalasida hech nima Ukrainasiz hal qilinmaydi» prinsipiga to‘g‘ri kelmaydi. O‘z navbatida AQSh muzokaralarda Kiyevga bosim qilmasligi, uni Moskva bilan kelishuvga borishga undamasligini bildirgan.
Telekanal ushbu muhokamalardan murod Ukrainaga taklif qilish mumkin bo‘lgan tinch kelishuv rejasini ishlab chiqish ekanini aytgan. CNN insayderlari yordamida tayyorlangan surishtiruvda aytilishicha, AQSh hozircha Ukarinadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish imkonsiz deb qaramoqda.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
15:32 / 25.12.2025