Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi (Foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yilning 24 may kuni neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga topshiriqlar berildi.
Aholi va korxonalarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘lib, zavod rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qilgan tashrifi davomida mas’ul mutaxassislar bilan uchrashib, korxonaning joriy faoliyati, ishlab chiqarish bo‘yicha samaradorlikka erishish, ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jumladan, 2022 yil iyun oyidagi ko‘rsatkichlar va zavodning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida 20,0 ming tonna neft, 20,0 ming tonna gazokondensat xomashyosi hamda 5,0 ming tonna nafta (pryamogonnyy benzin) yarim tayyor mahsulotlarni import asosida sotib olish hamda qayta ishlash orqali iste’molchilar talabini to‘la qondirish, shu orqali bir maromda yonilg‘i bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, xomashyo xarid qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar, rejalashtirilgan vazifalar tahlil qilindi. Xorijiy yetkazib beruvchi kompaniyalarga valuta mablag‘lari to‘langani hamda hozirgi kunda mahsulot yuklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Boshqaruv raisi mamlakatimiz iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun kamida olti oylik doimiy zaxira yaratilishi kerakligini ta’kidlab, 2022 yilning iyun oyida 92 900 tonna uglevodorod xomashyolarini qayta ishlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Respublika iste’molchilarini uzluksiz neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, 132 700 tonna xomashyoni qayta ishlash rejalashtirib olindi. Ta’kidlash kerakki, topshiriqqa nisbatan rejaning 142,8% bajarilishi kutilmoqda.
O‘z navbatida, mahsulot tannarxini pasaytirish, uning sifatini yanada oshirish hamda barcha talablarga mos bo‘lishini to‘la ta’minlashga doir loyihalar taqdim etildi.
Boshqaruv raisi zavodning ishlab chiqarish obektlarida bo‘lib, u yerda ta’mir ishlari bajarilganidan so‘ng, texnologik jihozlar holatini o‘rgandi. Hajmi 5000 m3, GTL sintetik kerosinini qabul qilish, saqlash va aralashtirish uchun mo‘ljallangan 2 ta sig‘im qurilishining yakuniy bosqichi bilan tanishib chiqildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatiga mahsulot yetishmovchiligiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni amalga oshirish, zavod sanoat quvvatlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash borasida vazifalar belgilab berildi.
Bundan tashqari, neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turini ko‘paytirish, ishlab chiqarish sifati ustidan doimiy nazoratni olib borish, zarur zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 2022 yil davomida ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bajarilishi, innovatsion rivojlanish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi, kapital qurilish dasturlari va kelgusidagi rejalar ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 5 oyi davomida umumiy 384 356 tonna motor benzinlari (AI 91, 92, 95, QuWatt 95, 98 va 80) shu jumladan:
- Avtobenzin Ai-80 308 872 tonna
- Avtobenzin Ai-91 33 563 tonna
- Avtobenzin Ai-92 39 587 tonna
- Avtobenzin Ai-95 2 155 tonna
- Avtobenzin Ai-95 QuWatt 204 tonna
- Avtobenzin Ai-98 152 tonna ishlab chiqarilishiga erishildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025