Bin Lodin, Pablo Eskobar, Xoakin Gusman, Ayman az-Zavohiriy, Abu Bakr Al-Bağdodiy... Insoniyat yovuzlikka, ayniqsa xalqaro jinoyatçilikka kuraşda turli usullarni qöllaydi. Bu jarayonda aniq ma’lumot oliş juda muhim va davlatlar qidiruvdagi şaxslar haqida işonçli xabar berganlar uçun juda katta pullar va’da qilişadi. Hozirça rekord – 50 mln dollar.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Zamonaviy dunyoda bu masalada faqat ma’lumot uçun pul tölansa, bir neça asrlar avval qator davlatlar, jumladan AQŞda jinoyatçining tirigi yoki öligi uçun mukofot tayinlaş urfga kirgandi. Natijada qidiruvdagilarni tutib pul işlaşni kasb qilib olgan odamlar guruhi paydo bölgan, bu haqda asarlar yozilgan, kinolar işlangan.
Ammo bugungi kunda adolat qiliçi oddiy insonlar qöliga ötişi nafaqat xavfli, balki qonunlar bilan taqiqlangan. Şunga qaramay, jinoyatçilar haqida aniq ma’lumot uçun katta mukofot beriş tizimi keng qöllanadi. Quyida boşi uçun eng katta pul taklif qilingan jinoyatçilarning eng maşhurlarini sanab ötamiz.
Xoakin Gusman, narkobaron, $5 mln + $3,8 mln
Foto: AP Photo / Rebecca Blackwell
Meksikalik narkobaron, butun dunyoga dovruq taratgan “Sinaloa” narkokarteli yetakçisi Xoakin Gusmanni juda köp davlatlar maxsus xizmatlari, ayniqsa AQŞ FQB zör berib izladi. Amerika hukumati El Chapo (Mittivoy) laqabli milliarderning boşi uçun 5 mln dollar va’da qildi. Lekin şohona yaşaş bilan birga xavfsizligi uçun pulni ayamaydigan Gusmanni tutiş uzoq vaqt ilojsizligiça qoldi.
1993 yilda u qölga olindi va 20 yilga hukm qilindi. Ammo 2001 yilda qoçişga muvaffaq böldi. Şundan keyin AQŞ va’da qilgan 5 mln bilan birga, Meksika hukumati ham 60 mln peso (3,8 mln dollar) mukofot tayinladi.
2014 yilda u yana qölga olindi va qamoqqa tiqildi. Bunda kimdir mukofotni olgan-olmagani noma’lum. Biroq kartel öz işini davom ettirdi. Qamoqqa tuşganidan söng köp ötmay, 2015 yilda Mittivoy yana qoçişga muvaffaq böldi va butun dunyoni hayratda qoldirdi. Çunki u eng qattiq qöriqlanuvçi turmaning içigaça öyib kirib borilgan, çuqurligi 20 metr, uzunligi 1,5 km.lik lahmdan mototsikl minib qoçib ketgandi.
2016 yilda yana qölga olingan El Chapo 2017 yilda AQŞga ekstraditsiya qilindi va afv söraş huquqisiz butun umrga qamaldi. 12 mlrd dollarlik mol-mulki musodara qilindi. Gusmanning qamalişi ortidan Meksikada tödalar uruşi boşlanib ketdi va Sinaloa ştatining özida bir neça oy içida 764 ta qotillik qayd etildi.
Mavzuga oid
Ma’lumot uçun:Xoakin Gusman dunyoning eng ta’sir doirasi keng kişilar orasida 41-örinni, Meksikada Karlos Slimdan keyin ikkinçi örinni egallagan. 2015 yilda u narkotiklarni yöq qilgani uçun IŞID yetakçisi Abu Bakr Al Bağdodiyni öldiriş bilan tahdid qilgan. U Usoma bin Lodin öldirilganidan keyin eng köp qidiriluvçi şaxs maqomini olgan. Ta’sir doirasi va pullari böyiça eng maşhur narkobaron Pablo Eskobarni ortda qoldirgan.
Ayman az-Zavohiriy, xalqaro terrorçi, $25 mln
“Al-Qoida” deganda köpçilik köz öngiga Usoma bin Lodin keladi. Ammo bunday yirik taşkilotlar bir kişi tomonidan boşqarilmasligi, ğoyaviy va taşkiliy jihatdan bir neça yetakçi şaxs zarurligi ma’lum. Ayman az-Zavohiriy uzoq vaqt bin Lodinning soyasida qolgan bölsa-da, bu harakatning haqiqiy yetakçilaridan biri, asosiy maslahatçisi va Usomaning şaxsiy şifokori bölib kelgan.
Şifokorligi köpçilikka yangilik bölişi mumkin, ammo Zavohiriy Qohirada haqiqiy ziyolilar oilasida tuğilgan, otasi Pokistonda elçi edi. Özi ham tibbiyot institutini tugallab, jarroh maqomini olgandi. Ammo u radikalizmga berildi va Sudan, Afğoniston, Rossiya kabi davlatlarda fundamentalizm ğoyalarini ilgari surdi. Mujohidlar safida turli kuçlarga qarşi kuraşdi va oxir-oqibat qidiruvdagi şaxslardan biriga aylandi.
Haqiqiy maşhurlik unga 2001 yilda, AQŞda uyuştirilgan teraktlar, jumladan, Nyu-Yorkdagi egizak binolarning portlatilişi ortidan keldi. Öşa paytdayoq bu harakatlar ortidagilar röyxatiga Zavohiriy ham tuşgan va u faol qidirila boşlangandi. 2011 yilda Usoma bin Lodin yöq qilinganidan keyin Zavohiriy “Al-Qoida”ning haqiqiy yetakçisiga aylandi.
Garçi bugungi kunga kelib taşkilotning mavqeyi ança pasaygan, köp joylardan siqib çiqarilgan bölsa-da, Ayman az-Zavohiriy hanuz tutilgani yoki öldirilgani yöq. Uning boşi uçun tikilgan 25 mln dollar ham egasiz qolmoqda. U – bugungi röyxatdagi tutilmagan yoki yöq qilinmagan yagona jinoyatçi.
Abu Bakr al-Bağdodiy,xalqaro terrorçi, $25 mln
Foto: Militant video
IŞID yetakçisi, ma’lum muddat özi e’lon qilgan davlatda özini xalifa deb e’lon qilgan. 2011 yilda AQŞ Davlat departamenti u haqdagi işonçli ma’lumot uçun 10 mln dollar va’da qilgan bölsa, 2017 yilga kelib bu raqam 25 mln dollarga kötarildi. U taşkil qilgan va boşqargan Iroq va Şom Islom davlati qisqa muddat yaşagan bölsa-da, şafqatsizlik va boşboşdoqlik maskani sifatida tarixda qoldi.
Al-Bağdodiy tomonidan 2004-2014 yillarda Iroq va Suriya hududida boşqarilgan harakat dastlab “Al-Qoida”ning bir qismi sifatida körilgan. Ammo taşkilot içidagi ziddiyatlar tufayli al-Bağdodiy öz harakatiga asos soladi va keyinçalik “Al-Qoida”ning özi bilan ham oçiq uruşgaça boradi.
2014 yilda IŞID jiddiy muvaffaqiyatga erişadi va Iroqning yirik Mosul şahrini egallaydi. Iroq, Suriya va Liviya kabi davlatlarning asosan çöl hududlarini egallagan harakat nomi “Islom davlati” deb özgartiriladi. “Xalifa Ibrohim” nomi bilan uning boşqaruvida bölgan al-Bağdodiy eng jiddiy qidiruvdagi şaxslardan biriga aylandi.
Uning ölimi haqida köplab xabarlar çiqqan. 2019 yilda AQŞ maxsus kuçlari ta’qibidan qoçgan Bağdodiy özini va bolalarini portlatib yuborgan.
Pablo Eskobar, narkobaron-terrorçi, aniq summa belgilanmagan, $2,7 mlndan $100 mlngaça
Foto: Wikipedia
Dunyo narkosavdosining 80 foizi bir şaxs tomonidan nazorat qilinişini tasavvur qiliş qiyin. Ammo Kolumbiyaning Medelin narkokarteli yetakçisi Pablo Eskobar 1980 yillarga kelib aynan şunday natijaga erişgandi.
Eskobar özining qisqa umri davomida mamlakat qahramoni va birinçi raqamli jinoyatçisiga, eng köp qidirilgan hamda juda köpçilik unga qarşi qasdlaşgan şaxsga aylandi. Butun Kolumbiya böylab qasrlar va pinhona maskanlar qurib taşlagan Pablo Eskobar hukumatning barça qatlamlaridan odamlar sotib olgan, unga qarşi har qanday harakat haqida ma’lumot olib turar hamda şunga qarab öz joyini tezkor özgartirardi. Bundan taşqari, u kambağallarga tinimsiz pul tarqatib, obröga erişgan, har qanday xavf haqida odamlarning özi unga xabar berişardi.
Kolumbiya uni tutiş va AQŞga topşiriş haqida hujjat imzolaganini eşitgan Eskobar quturib ketadi hamda minglab odamlarni qurollantirib, hukumatga xizmat qiluvçilarni birma-bir öldira boşlaydi. Bu uning nafaqat narkobaron, balki terrorçi sifatida ham nom qozonişiga sabab böladi. Ölimlar soni köpayib, vaziyat şu darajada çigallaşib ketadiki, hukumat narkobaron bilan murosaga kelişga majbur böladi. Kelişuvga muvofiq, u ma’lum ayblovlarni tan oladi va özi qurgan “La Katedral” qamoqxonasiga yöl oladi. Ammo bu joyni qamoqxona deb bölmas, Eskobar istagan odamini çaqirişi, tantanalar, konsertlar uyuştirişi, istaganda çiqib kelişi va eng muhimi şohona yaşaşi mumkin bölgan qasr edi.
Bu yerda u öz narkoimperiyasini töla nazorat qilar, milliardlab pullar oqib kelişda davom etardi. Öşa paytlardayoq uning boyligi 30 mlrd AQŞ dollariga yetgani hisoblab çiqilgan. “La Katedral” qamoqxonasiga aybdorlarni olib kelib, qattiq qiynab öldirgani haqidagi xabar hukumatni taşvişga soladi va Eskobarni haqiqiy qamoqxonaga ötkazişga qaror qilişadi. Pablo qoçib qoladi va butun mamlakat böylab portlaşlarni amalga oşiradi.
Ayniqsa, uning bolalar bilan töla maydonni va yölovçilar samolyotini portlatişi köpçilikning ğazabini qözğatadi, işongan odamlari ham undan yuz ögiradi. Uning duşmanlari şu qadar köpayib ketadiki, Eskobarni tutiş va öldiriş böyiça maxsus rasmiy va norasmiy guruhlar tuziladi.
1993 yilning 2 dekabrida Eskobar yaşirinib yurgan joy aniqlanib örab olinadi. Özi va qöriqçilari qarşilik körsatişlariga qaramay, Eskobar otib taşlanadi. Politsiyaçilar va maxsus kuçlarning Eskobar jasadi atrofida tuşgan suratlari maşhur bölib ketgan.
Usoma bin Lodin, xalqaro terrorçi, $50 mln va rekord
Foto: AP
Usoma bin Lodinning nomiyoq terrorçilik ramziga aylandi. Köp jihatdan u tufayli 20 yil davom etgan uruş boşlandi, bin Lodin uyuştirgan teraktlar butun dunyo afkor ommasini larzaga soldi.
Bin Lodinning qayerdaligi haqidagi asosli ma’lumot evaziga 25 million dollar va’da qilindi va keyinçalik AQŞ Senati bu mablağ miqdorini 50 millionga qadar kötarişni yoqlab ovoz berdi. Ammo juda köp operatsiyalarga qaramay, birinçi raqamli terrorçi omon qolaverdi.
1979 yilda SSSR qöşinlarining Afğonistonga kirişi ortidan öz hayotiy prinsiplarini özgartirgan Usoma özini mujohid deb e’lon qiladi hamda bor mablaği va kuçini duşmanlarga qarşi kuraşga sarflaydi. SSSR biror natijaga erişmay Afğonistonni tark etganidan keyin u asosiy duşman sifatida AQŞni köra boşlaydi va uning Keniya hamda Tanzaniyadagi elçixonalarida portlaşlar uyuştiradi. Portlaşlar va butun dunyodagi terroristik taşkilotlarni moliyalaştirişni davom ettirarkan, u jahonni larzaga keltirgan harakat – 11 sentabr teraktlarini amalga oşiradi.
AQŞning uç prezidenti unga qarşi kuraşdi: Klinton davrida boşlangan bin Lodin qidiruvi Buş davrida uruş va haqiqiy ovga aylanadi hamda Obama prezidentligidagina yakuniga yetadi. 2011 yil 2 mayida “Neptun nayzasi” nomi bilan ötkazilgan operatsiya çoğida nihoyat Usoma bin Lodin öldirildi.
Zamonaviy dunyoda nafaqat terrorçi va narkobaronlar, balki kiberjinoyatçilar, qurol savdosining yirik vakillari, sintetik narkotiklar işlab çiqaruvçilar ham faol qidirilmoqda hamda ular haqida ma’lumot uçun katta mukofotlar taklif qilinmoqda.