2001 yil 11 sentyabrda AQŞda sodir etilgan teraktlarning 20 yilligida internetda “Al-Qoida” yetakçisi Ayman az-Zavahiriyning videomurojaati paydo böldi. E'tiborlisi, 2020 yil oxirida az-Zavahiriy ölgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda ğarb OAVlarga tayanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Videomurojaatda terrorçi guruh yetakçisi Al-Quds heç qaçon yahudiylarniki bölmasligi va “Al-Qoida”ning turli yerlarda, jumladan joriy yanvarda Suriyada amalga oşirgan hujumlarini yuqori baholaşini aytadi.

Bundan taşqari, terrorçilar yetakçisi Afğonistondan xorijiy kuçlar olib çiqilişiga töxtalib ötgan, biroq Afğonistonning “Tolibon” tomonidan egallab olingani haqida heç narsa demagan.  

2020 yil oxirida az-Zavahiriy ölgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Biroq buni tasdiqlovçi ma'lumotlar hanuzgaça keltirilmagan. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, “Al-Qoida” yetakçisining uşbu videosi u yaqinda suratga olinganini anglatmaydi, çunki az-Zavahiriy videoda eslab ötgan AQŞ qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilişi böyiça kelişuv 2020 yil fevraldayoq imzolangan.

Misrlik Ayman az-Zavahiriy Usoma bin Lodin yöq qilingandan keyin “Al-Qoida” yetakçisiga aylangandi.