Usomaning boşi, aniqroği qayerdaligi haqidagi asosli ma’lumot evaziga 25 million dollar va’da qilindi va keyinçalik AQŞ Senati bu mablağ miqdorini 50 millionga qadar kötarişni yoqlab ovoz berdi. Ammo juda köp operatsiyalarga qaramay, birinçi raqamli nişon omon qolaverdi. Faqat 2011 yilning 2 mayidagina AQŞ maxsus xizmatlari maqsadga erişdilar va Usoma bin Lodin öldirildi.

Yangi asrdagi eng uzoq va qimmatbaho uruş AQŞ va ittifoqçilarining Afğonistonda olib borgan harbiy harakatlari hisoblanadi. 20 yil davom etgan bu uruş AQŞ soliq tölovçilariga 2,3 trln dollarga tuşgani hisoblab çiqilgan. Yakunda ketiş ança uyatli bölgan, hokimiyat baribir “Tolibon” ixtiyoriga qolgan bölsa-da, 2001 yilda boşlangan bu harbiy harakat konkret maqsadni közlagan, AQŞ terrorizmga qarşi global kuraş doirasida Usoma bin Lodinni qölga olişni rejalaştirgandi. Xöş, bin Lodin qanday qilib AQŞning birinçi raqamli duşmaniga aylanib qolgan?

Usoma 44 yoşida. 1998 y., Afğoniston. Foto: Rahimulloh Yusufzay / AP

Usomaning bolaligi

1954 yilning 10 martida Saudiya Arabistonining ar-Riyod şahrida, quriliş magnati Muhammad bin Lodin oilasida çaqaloq dunyoga keladi va unga Islom olamida juda qadrli ismlardan biri – Usoma deb nom berişadi. Onasi Hamida Muhammad bin Lodinning joriyasi bölib, köp ötmay ular ajraşişadi va Usoma onasi bilan qoladi. Hamida qayta turmuşga çiqadi va yana tört farzand köradi. Buning ahamiyatli jihati, Usoma öz otasidan ayro ulğayadi va bu uning tarbiyasiga öz ta’sirini ötkazadi.

Biznesda katta muvaffaqiyat qozongan, podşoh oilasiga yaqin bölgan Muhammad bin Lodinning boyligi 5 mlrd dollar atrofida bölgan. 22 xotin va 56 farzandga ega Muhammad bin Lodin rasmiy juftlari sonini törttadan oşirmagan va doim oldingi xotinlariga javob berib, yangisiga uylangan.

U qanday boy böldi?

Muhammad bin Lodin 1967 yilda, 23-marta uylaniş uçun samolyotda ketayotgan vaqtda halokatga uçrab vafot etadi. 13 yoşli Usomaga otasidan 25-30 mln dollar atrofida meros qoladi. Usoma ösmirligidayoq katta mablağ va mustaqillikka, şaxsan özi qaror qabul qiliş imkoniga ega bölgan.