Kolumbiya narkosavdogarlari uçun vositaçilik bilan şuğullangan italiyalik erkak qariyb 4 yillik qoçqindan keyin Janubiy Amerikada qölga olindi, deb xabar beradi BBC.
Luiji Belvedere maşhur narkobaron Pablo Eskobarning karteli bazasi joylaşgan Medelin şahrida uşlangan. Italiya politsiyasi Belvederening Eskobar qabri yonida turib tuşgan suratini e’lon qildi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, italiyalik erkak Yevropadan qoçib ketganiga qaramay, «Janubiy Amerikadan Yevropaga giyohvand moddalar yetkazlişini taşkillaştirişda faol iştirok etib kelgan».
Belvedere 32 yoşida Italiya hukumati tomonidan eng xavfli qoçoqlardan biri sifatida qidiruvdagi şaxslar röyxatiga kiritilgan. Neapol şimolidagi qişloqda dunyoga kelgan Luiji «noqonuniy kokain importi bilan şuğullangan» va mafia klanlari hamda Kolumbiyadagi kokain işlab çiqaruvçilar örtasida muhim vositaçi bölgan.
Belvedere 2020 yil dekabrdan beri qidiruvda — u xalqaro giyohvand moddalar savdosi uçun sirtdan 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Yevropol Medelinda Belvedereni uşlaş uçun kolumbiyalik tergovçilar bilan hamkorlikda işlagan.
Pablo Eskobar narkobiznesining markazi bölgan uşbu şahar öz vaqtida dunyo kokain bozorining taxminan 80 foizini ta’minlagan. Eskobar faoliyati şu qadar murakkab bölganki, u yetti yil davomida Forbes versiyasi böyiça milliarderlar röyxatidan tuşmay kelgan.
Avvalroq AQŞda Meksika narkokarteli boşliği Nemesioa Osegeraning zöravonlik, qotillik, mamlakatdagi eng yirik va xavfli giyohvand moddalar savdosini boşqarişga yordam berişda aloqador öğli sud qilingan edi.








