Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada O‘zbekistondan mavsumiy ishchilarni jalb qilishi mumkin
O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Javlon Vahobov Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va baliqchilik vaziri Lana Popxem bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kanada tomoni bilan Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga O‘zbekistondan vaqtinchalik va mavsumiy ishchilarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, Britaniya Kolumbiyasiga har yili 12 mingga yaqin mavsumiy mehnat muhojirlari, asosan, Meksika va Lotin Amerikasining qator mamlakatlaridan provinsiyaning qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 5-6 oy muddatga keladi.
O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Kanada vaziri mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va O‘zbekistondan Britaniya Kolumbiyasiga mavsumiy ishchilarni jo‘natish istiqbollarini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
23:00 / 10.06.2026