Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Snaryadlardan ilma-teshik bo‘lgan dala maydoni va Baxmutdagi yaradorlar. Urush suratlari
7 iyun kuni DXR oliy sudida Ukraina tomonida jang qilgan va asirlikka tushgan xorijliklar ustidan sud jarayoni boshlandi. RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Severodonetskdagi aholi yashovchi kvartallar va LXR hududining 97 foizi «ozod etilgani» haqida aytdi. Rus pravoslav cherkovining bosh idorasi (sinod) Qrimda joylashgan yeparxiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri patriarx Kirill bo‘ysunuviga o‘tkazishga qaror qildi. Rossiya nashrlari Zaporojye «harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari» deb atayotgan Yevgeniy Balitskiy regiondan Qrimga bug‘doy ortilgan ilk poyezd yo‘l olgani haqida ma’lum qildi. «Meduza» urushning 104-kunida olingan asosiy suratlarni namoyish etdi.
Kiyev markazida urush ramzi sifatida o‘rnatilgan rossiyaliklarning yakson bo‘lgan tanklari oldidagi ayol. Orqa fonda Avliyo Mixail sobori.
AP Photo/Efrem Lukatsky
Urushning 105-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:
Ukraina Bosh shtabining 8 iyun kungi axborotiga ko‘ra, frontdagi asosiy uchastkalarda sezilarli o‘zgarishlar yo‘q: Severodonetskda janglar davom etmoqda, rossiyaliklar hamon Baxmut-Lisichansk trassasini to‘sib qo‘ya olishmagan, ammo ukrainlarning ushbu yo‘l bo‘yidagi pozitsiyalari tinimsiz o‘qqa tutilmoqda; rossiyalik harbiylarning Toshkovka va Ustinovkani egallab, bu yerdan Lisichansk-Severodonetsk aglomeratsiyasi shimoliga o‘tish uchun urinishlari besamar ketmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy seshanba kuni kechqurungi videomurojaatida keyingi haftada «Jallodlar kitobi» to‘plami chiqishi, unda Rossiya armiyasining Ukrainada sodir etgan harbiy jinoyatlari jamlanishini ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukrainadan dengiz orqali bug‘doy eksporti blokirovkasi ochilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Turkiyaga keldi.
Times ma’lumotiga ko‘ra, Roman Abramovich YeIga Yevropa Ittifoqi va Britaniyada ulkan soliqlar to‘lagani, hech qachon Putinning Ukraina bo‘yicha siyosatini qo‘llashini aytmaganini, shu tufayli unga qarshi sanksiyalar adolatsiz ekanini ko‘rsatuvchi hujjatlar taqdim etgan.
Kiyev oblasti
Borodyanka posyolkasida yashovchi qiz vayron bo‘lgan uylar fonida arg‘imchoq uchmoqda. Rossiya armiyasi Kiyev oblastidan mart oyida chekingandi. Iyun oyi boshida oblast shaharlari va poytaxt yana o‘qqa tutilishi boshlandi. Foto: Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Fuqarolik militsiyasi Kiyev atrofidagi mashg‘ulot maydonida
AP Photo/Natacha PisarenkoFuqarolik militsiyasi a’zosi mashg‘ulot vaqtida drobovik va vintovka tutgan holda ketmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
Xarkov
Xarkovlik qutqaruvchilar Saltovka rayonidagi 16 qavatli turar joy binosining raketa zarbasidan shikastlangan konstruksiyasini demontaj qilmoqda. Shahar ikki oydan oshiq vaqt davomida o‘qqa tutib kelinmoqda, may oyi o‘rtalarida ukrain armiyasi uni qaytarib olgandi. 7 iyun kuni mahalliy telegram-kanallar Xarkovda yana bir necha portlashlar kuzatilganini yozishdi. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Saltovka rayoni aholisiga ovqat tarqatmoqda. Hozirda shaharda gaz yo‘q — ayrim hududlarda elektr ham.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi yong‘in bartaraf etilgach dam olmoqda. Turar joy binosida harbiy harakatlar tufayli yong‘in kelib chiqqan.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Lugansk oblasti g‘arbidagi Severodonetsk shahri ustida tutun va chang. 7 iyun kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Severodonetskdagi turar joy kvartallari to‘liq «ozod etilgani»ni aytdi. Ukraina hukumati shahar uchun janglar davom etayotganini ma’lum qilgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askari Donetsk oblasti sharqidagi front chizig‘ida rossiyaliklar pozitsiyasini nishonga olmoqda. Volodimir Zelenskiyning bayonotiga ko‘ra, Donetsk oblastidagi shaharlar eng qaynoq nuqtalarga aylangan, Rossiya armiyasi Donbass yo‘nalishida qo‘shimcha kuchlarni safarbar qilmoqda. Region politsiyasi 7 iyun kuni rossiyaliklar Donetsk oblasti bo‘ylab 21 zarba yo‘llagani, yaralanganlar va vafot etganlar orasida bolalar ham borligini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konashenkov rossiyalik harbiylar Svyatogorsk va uning atrofidagi hududlarni egallash ishlarini yakunlayotganini aytgandi.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Baxmut shahrida harbiy «tez yordam» tomonidan yordam ko‘rsatilgan yaradorlar hisobi. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti hisobotiga ko‘ra, Rossiya kuchlari shahar shimoli-sharqidan o‘tgan ukrainlarning kommunikatsiya tarmog‘ini to‘sib qo‘yishga behuda urinmoqda. Ukraina armiyasi xabariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Baxmutni «Tochka-U» taktik raketa kompleksi orqali o‘qqa tutmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Yaralangan oddiy fuqaro va ikki yarador harbiy «tez yordam» kelishini kutmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Yarador ukrain harbiysi birinchi yordam ko‘rsatilganidan keyin shifoxonaga olib ketilmoqda. Foto: AP Photo/Bernat Armangue
Ukrainalik harbiy yarador safdoshining yelkasini bog‘lab qo‘ymoqda. Foto: AP Photo/Bernat Armangue
Ukrainalik paramediklar yarador harbiyga yordam ko‘rsatishmoqda. Foto: AP Photo/Bernat Armangue
Slavyanskdagi raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan turar joy binosi. Ukraina armiyasi bosh shtabi xabar qilishicha, Rossiya kuchlari ushbu shaharga yurish boshlashga tayyorlanmoqda. O‘tgan kun davomida Slavyansk yo‘nalishida joylashgan aholi punktlari hududlari o‘qqa tutilgan. RF mudofaa vazirligi 6 iyun kuni Slavyansk hududida havo hujumidan mudofaa tizimi orqali Ukraina qurolli kuchlarining MiG-29 samolyoti urib tushirilganini xabar qilgandi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Slavyansk atrofidagi dala maydonining sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi, yer yuzlab artilleriya snaryadlaridan ilma-teshik bo‘lgan.
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
Severodonetsk tomonga qaratilgan baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari joylashgan dala maydonining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri. Tizimlardan birining oldida yer kuygan, bu yaqinda otishma bo‘lganidan darak berishi mumkin.
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
Lisichansk va Severodonetskdan shimolda joylashgan Rubejnoye shahridagi vayron bo‘lgan turar joy binolarining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar hudud chegaralarini egallab turibdi va ukrain harbiylarining Rubejnoyega hujumi yo‘nalishini masofadan turib minalashtirmoqda. Foto: Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA