Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdan O‘zbekistonga 829 mln so‘mlik telefonlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor xodimlari tomonidan “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida aniqlangan holatda havo yo‘llari orqali BAAdan keltirilgan tovarlar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, 40 turdagi 4 530 dona uyali aloqa vositalari bojxona yuk deklaratsiyasida va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi. Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida hujjatlarda qayd etilmagan telefonlar umumiy qiymati 829 mln 500 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, telefonlar qonuniy tartibda respublikaga import qilinganida, davlat budjetiga 220 mln so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan bo‘lardi.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan salkam 100 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi, ular qiymati 49 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Joriy yil o‘tgan 5 oyi davomida respublika bojxonachilari tomonidan to‘xtatib qolingan uyali aloqa vositalari soni o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga ortgan. Aniqlangan 142 ta qonunbuzarlik holatida qiymati salkam 7,7 mlrd so‘mlik 7 200 dona uyali aloqa vositalari noqonuniy olib chiqilishi oldi olindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026