Jahon | 13:45 / 09.06.2022
27042
6 daqiqa o‘qiladi
Donbassda okop qaziyotgan askarlar, Xarkovda yana yong‘inlar. Urush suratlari
Urushning 105-kunida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXRda hukumat iste’foga chiqarildi, yangi hukumat tarkibiga rossiyalik amaldorlar kiritildi. Yevroparlament Ukrainaga YeIga nomzod maqomini berish tavsiya qilingan rezolyutsiya chiqardi. Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida muvaffaqiyatli qarshi hujumni davom ettirmoqda - mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra Xersonom yaqinidagi Blagodatnoye posyolkasi qaytarib olingan.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Bogorodichnoye rayonida «shturm harakatlari amalga oshirmoqda» - bu Shimoliy Don daryosining janubiy sohilida, Rossiyaning Slavyansk va Kramatorsk tomon yurishi yo‘nalishida joylashgan;
- Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday jurnalistlarga bergan intervyusida ukrain harbiylari «Severodonetskning faqat atrofdagi hududlarini nazorat qilayotgani»ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar aviazarbalar va artilleriya zarbalari orqali Severodonetskni yer bilan bitta qilishgan, ukrain harbiylari bombardimonlar ostida ko‘p qavatli uylarda qolishdan ma’no yo‘q deb hisoblab, shaharning asosiy qismini tark etgan.
- O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasida bosh vazir Aleksandr Ananchenko rahbarligidagi hukumat iste’foga chiqarilib, Dnepropetrovskda tug‘ilgan, ammo Rossiyada savdo vazirligida departament direktori lavozimida ishlab kelgan Vitaliy Xotsenko hukumat rahbari vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi.
- Ukraina va Rossiya o‘rtasida navbatdagi askarlar jasadlarini almashuv jarayoni bo‘lib o‘tdi. Zaporojye oblastidagi front chizig‘ida almashuv «50 ga 50» formulasida amalga oshirilgan. Ukraina tomoni xabar qilishicha, qaytarilgan 50 jasaddan 37 tasi Mariupol va «Azovstal» mudofaachilarinikidir.
- Ukrain tarmoq riteylerlari urushning dastlabki ikki oyidagi zararini 50 mlrd grivna (yoki 1,7 mlrd dollar)ga baholadi;
- Xerson oblastining Rossiyaga qo‘shilishi masalasidagi referendum shu yil o‘tkazilishi ma’lum qilindi;
- Urush boshidan buyon Ukraina davlat tergov byurosi mamlakat fuqarolarining Rossiya bilan hamkorlik qilishi borasida 480 ta ish ochgan.
Quyida 8 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Nikolayev
Kiyev
Xarkov
Donbass shimoli
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024