Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Eronning Janubiy Xuroson muzofotida yo‘lovchi poyezdi falokatga uchrashi natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Ibrohim Raisiyga hamdardlik yo‘llagan.
Ma’lumot uchun, Eron sharqida 8 iyun, chorshanba kuni ertalab Tebas shahri yaqinida sodir bo‘lgan poyezd halokatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi, yaradorlardan 16 nafarining ahvoli og‘ir.
Hodisa tungi vaqtda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ichida 350 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan poyezd noma’lum sababga ko‘ra ekskavatorga borib urilgan. To‘rtta vagon relsdan chiqib ag‘darilib ketgan. Rasmiylar ekskavator nima uchun tunda temiryo‘l relslariga bunchalik yaqin masofada bo‘lganini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalarni e’lon qildi
09:23 / 14.07.2026