Jahon | 16:05 / 10.06.2022
11915
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada Rossiyaning 328 million dollarlik aktivlari bloklandi 

Bloklangan mablag‘lar Rossiya hisoblarida bo‘lgan yoki qora ro‘yxatdagi shaxslar ishtirokidagi operatsiyalarda ishtirok etgan. Kanada politsiyasi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun tufayli qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Kanada Rossiyaning 412,1 million Kanada dollari (328 million AQSh dollari) teng aktivlarini blokladi. Bu mablag‘lar Rossiya hisoblarida bo‘lgan yoki sanksiya qo‘llanilgan shaxslar ishtirokidagi tranzaksiyalarda ishtirok etgan, bu haqda 9 iyun, payshanba kuni Kanada Qirollik otliq politsiyasi RCMP – Kanada federal politsiyasi saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.

«24 fevraldan 7 iyunga qadar Kanadada taxminan 123 031 866,85 Kanada dollari ekvivalentidagi aktivlar muzlatib qo‘yildi, umumiy qiymati 289 090 090,74 Kanada dollariga teng ekvivalentdagi tranzaksiyalar esa bloklandi», — deyiladi xabarda. 

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu raqamlar bo‘yicha batafsil ma’lumot hozircha shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun tufayli taqdim etilishi mumkin emas, biroq ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. 

8 iyun kuni Kanada Rossiyaning neft-gaz sektoriga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashi fonida Kanada Rossiya, Ukraina va Belarusdan bo‘lgan 1070 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga go‘yoki yaqin bo‘lgan shaxs, gimnastika bo‘yicha sobiq olimpiya chempioni Alina Kabayevaga nisbatan cheklov choralarini joriy qilgan. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid