Bundan bir neça kun oldin qarindoşlardan birinikida ma’rakada qatnaşdim va xizmatda böldim. Menga keksalar ötirgan davralardan biriga qarab turiş topşirildi. Davraga çoy-non taşib turar ekanman, u yerda suhbat asosan buğdoy narxining erkin qöyib yuborilişi va nonlarning narxi oşib ketişidan böldi.

Çollar non mavzusini muhokama qilişar ekan, bir holat e’tiborimni tortdi. Biroz oldin un va nonning qimmat bölişi ortidan xalqqa qiyin bölişi haqida gapirib turganlar dasturxonga qöyilgan nonlarni ayovsiz tarzda uşatib taşlaşdi.

Men qarayotgan stolga sakkizta non qöyilgandi. Çollar dasturxonga omin qilib turayotganda nonlarning oltitasi uşatilgan va ularning ozginasi yeyilgan, qolgani burda holida qolib ketgandi.

Hayotda köp qiyinçiliklarni, oğir-yengil kunlarni körgan odamlarning nonga bölgan munosabati menga juda yomon ta’sir qildi. Öşa paytda mezbon sifatida xizmat qilayotganim, buning ustiga davradagilarning aksariyati bobom tengilar bölgani uçun men ularga isrof haqida gapira olmasdim. Qolaversa, isrof masalasida özim ham «oppoq», emasman, birovga nima deb nasihat qilaman.

Hozir bizning barça ma’rakalarimiz şunday ötadi – yeyilsa, yeyilmasa nonni isrof bilan uşatib taşlayveramiz. Dasturxonni töldiriş haqidagi «kimözar»lar haqida indab ötirmayman, şundoq ham hamma körib yuribdi.

Nazarimda, biz ğalati xalqmiz. Ötmişni juda tez unutamiz, tarixdan saboq olmaymiz. Keçagina boşimizdan ötkazgan oğir kunlarni bugun heç kim eslamaydi.

Xalqimizning non topa olmay kepak va öt çaynaganiga, bir neça yuz gramm nonni kartoçka bilan soatlab navbatda turib olib yeganiga köp bölmadi. Hamma yoqda buğdoy örniga makkajöxori ekilib, jöxori unidan yopilgan zoğora nonini yeganlar bugun ham oramizda yaşayapti. Şubham yöq, ma’rakada nonni isrof qilib uşatib taşlagan keksalar ham öşa qiyin kunlarni körgan.

Öşa oğir kunlar ötgan asrning 80-yillarida biroz farovon zamon kelganda köpçilikning esidan çiqdi. Ozgina töqçilik bölganda odamlar endi ikkinçi navli unni yoki buxanka nonlarni mollarga yedira boşlaşdi.

Mustaqillikning ilk yillarida yana bir muddat un va non taqçil böldi. Dökonlarda unni odam boşiga bir neça kilodan ölçab beradigan bölişdi. Keyin u davrlar ham ötdi va unutildi.

Aksariyatimiz na yaxşi kunlarga şukr qilamiz, na oğir kunlardan töğri xulosa çiqaramiz. Isrof kundalik hayotimizga singib ketgan.

Tanişim aytib bergan quyidagi hikoya ham bizning nonga munosabatimizni va uni qanday isrof qilayotganimizni körsatib beradi.