Adliya vazirligi nikoh uylari nega tugatilayotganiga izoh berdi
Hozirgi kunda nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, ularni qayta tashkil qilib, FHDYo bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDYo bo‘limlari tomonidan esa 4 ta turdagi (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) harakatlar amalga oshiriladi.
«Aslida, nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDYo organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.
Hozirgi kunda, FHDYo organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDYo organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan. Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYo bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda», - deydi Adliya vazirligi rasmiysi.
Vazirlik bundan ko‘zlangan maqsad adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash hamda binolardan unumli foydalanish ekanligini bildirgan.
Avvalroq, e’lon qilingan hukumat qarori loyihasida fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilgani munosabati bilan FHDYo bo‘limlari shtat birliklarini maqbullashtirishi xabar berilgan edi. Shuningdek Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi nikoh uylari faoliyati tugatilishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 09:43
-
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16
-
Voronej oblastidagi neft bazasiga dronlar hujum qildi
Jahon | 09:08
-
Smolenskka dronlar hujumi: ko‘p qavatli uy va aviazavod yonmoqda
Jahon | 09:04
Mavzuga oid
21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024