O‘zbekiston | 07:15 / 13.06.2022
11488
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha uy-joy maydoni hajmi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi qay darajada ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 18,2 kvadrat metrni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan o‘rtacha 2,2 kvadrat metrga ko‘paygan. 2021 yilda esa 16,0 kvadrat metrni tashkil qilgan.

Ma’lum qilinishicha, bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy bilan ta’minlanish darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida kuzatilgan - 24,3 kvadrat metr.

O‘z navbatida, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng kichik natija esa Andijon viloyatida qayd etildi - 13,3 kvadrat metr.

Bundan oldin O‘zbekistondagi aksariyat xonadonlarda necha kishi istiqomat qilishi ma’lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid