Seul Shimoliy Koreyaning yangi raketa sinovlari haqida xabar berdi
Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, KXDR yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan raketa uzgan.
Shimoliy Koreya yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan raketa uchirdi. Bu haqda 12 iyun, yakshanba kuni kechqurun Janubiy Koreya armiyasi bosh shtabi ma’lum qildi.
Janubiy Koreya harbiylari uchirilgan raketalar soni va ularning parvoz masofasi haqida ma’lumot berolmadi. Seuldagi prezident ma’muriyati vakili ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya past balandlikda va qisqa masofalarga uchadigan reaktiv artilleriya tizimlarining sinovlari haqida har doim ham darhol xabar bermaydi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya rasmiylari avvalroq KXDRda bunday qurol tizimlari modernizatsiya qilinishi ehtimolidan xavotir bildirgan, chunki ular chegaradan atigi 40-50 kilometr uzoqlikda joylashgan Janubiy Koreyadagi yirik shahar aglomeratsiyalari uchun xavf tug‘diradi.
Hozirgi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi sinovi bu yil Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan qurol sinovlarining so‘nggisi bo‘ldi. Mutaxassislar buni Pxenyanning xalqaro sanksiyalarni yumshatish va boshqa imtiyozlarga erishish uchun AQSh va Janubiy Koreyaga bosim o‘tkazishga urinishi sifatida baholamoqda.
Janubiy Koreya va AQSh yaqinda Shimoliy Koreya so‘nggi besh yil ichida o‘zining birinchi yadroviy sinoviga tayyorgarlikni deyarli yakunlaganini ma’lum qildi. Mart oyida Shimoliy Koreya uzoq masofali raketa sinovlariga 2018 yilda joriy etilgan moratoriyni buzgan holda, AQShning qit’a qismiga yetib bora oladigan qit’alararo ballistik raketani uchirdi.
Mavzuga oid
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024